Internet hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bo’ldi. Biz ishda, uyda va transportda xabarlar, lentalarini kuzzatamiz va “elektron” ma’lumotlarni to’playmiz. Amerikaning “Cumulus Media” teleradiokompaniyasi, internet foydalanuvchilari 1 daqiqada nima qilishlarini aniqlashga qaror qildilar.
Ushbu tadqiqotning natijalari hayratlanarlidir, har 60 soniyada biz millionlab maktublar va xabarlarni bir-birimizga yuborib, yuz minglab tvitlarni nashr etamiz, uzluksiz Googleni “savollar bilan qiynaymiz” va hatto tanishish dasturlarida 1 milliondan ortiq akkauntlarni ko’rishga vaqt ajratishimiz mumkin ekan.
Dunyoda har daqiqada 187 million elektron pochta xabari yuboriladi.
481 ming statuslar chop etiladi
WhatsAppda 38 million xabar yuboriladi
Instagramda 174 mingta yangiliklar lentasi ko’riladi
Foydalanuvchilar har daqiqada Google’da 3,7 mln. qidiruv so’rovini amalga oshiradilar.
YouTube da 4.3 million video tomosha qilinadi
375 mingta dastur o’rnatilinadi
Facebook ga 973 ming marta kiriladi
Va nihoyat, Tinderda 1,1 million svayp hosil qilinadi
Ha, biz vaqti-vaqti bilan bu internet olamidan dam olishni istaymiz, lekin bu olam hayotimizni juda soddalashtirganini ham tan olishimiz kerak. Qaysi Internet funksiyasi siz uchun eng muhim hisoblanadi?
Mmmm HAMMASI
MANinternetsizz ummuman ya.sho. mi.man
Men ham yasholmiman ammo bir yilda bir marta, bir oy telefon ishlatmay, tanaffus qilaman
Nimaga aldiysiz pari