Amerikaning Minnesota shtatida olmaxon ovqatlanish uchun har kuni Burger King tamaddixonasiga boradi. Kafe mijozi Jef Klatch Facebook sahifasida olmaxonning buyurtma kutayotgani aks etgan foto bilan bo‘lishgan.
“Olmaxon oynaning oldida shunchaki turishi va kartoshka fri uzatilishini kutishini kuzatib turish bag‘oyat ajoyib”, — deb yozgan erkak.
Navbatda turgan Klatch ajoyib holatga guvoh bo‘lgan. Sokin turib buyurtmasini kutayotgan olmaxon uning e’tiborini tortgan. Restoran xodimlari olmaxon ularning “doimiy mijozi” ekani va u har kuni tashrif buyurishini ma’lum qilgan.
qoyil