Amerikalik olim 74 kun suv ostida yashab, jahon rekordini yangiladi. U tajribani davom ettirmoqchi

Amerikalik olim 74 kun suv ostida yashab, jahon rekordini yangiladi. U tajribani davom ettirmoqchi

Janubiy Florida universiteti professori Jozef Dituri suv ostida eng uzoq vaqt suv ostida yashash bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. U 75 kun davomida Key-Largodagi to‘qqiz metrlik lagunaning tubidagi suv osti kapsulasida bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Pravila jizni” nashri.

“Doktor Chuqur dengiz” nomi bilan ham tanilgan 55 yoshli olim 1-mart kuni suv osti kapsulasiga sho‘ng‘igan va o‘shandan buyon shu yerda yashab, ishlab kelmoqda. Suv ostida eng uzoq qolish bo‘yicha avvalgi rekord 73 kun-u 2 soat 34 daqiqani tashkil qilgan. Bu rekord 2014-yilda xuddi aynan shu joyda ikki olim tomonidan o‘rnatilgan.

Biroq Dituri bu bilan to‘xtab qolmaydi: uning maqsadi 100 kunni suv ostida o‘tkazish. Olimning eksperimenti inson tanasining haddan tashqari bosim sharoitida suv ostida uzoq vaqt qolishga reaksiyasini tekshirishdan iborat.

“Maqsad dunyo okeanida yashashni o‘rganish, yashash va unga yaxshi munosabatda bo‘lish orqali g‘amxo‘rlik qilish”, — deydi professor.

Bundan tashqari, Dituri suv ostida yashash qarish bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olishini isbotlamoqchi. Olimning so‘zlariga ko‘ra, yuqori bosimga uzoq vaqt ta’sir qilish organizm hujayralariga foydali ta’sir ko‘rsatadi.

Kapsulada yashagan professor har kuni ahvoli haqida tibbiy ma’lumotlarni to‘playdi va turli tajribalar o‘tkazadi. Shuningdek, u talabalar uchun onlayn ma’ruzalar o‘tkazadi va intervyu beradi. Tibbiy guruh vaqti-vaqti bilan Diturining sog‘lig‘ini tekshirish uchun suv ostiga sho‘ng‘iydi.

Kommentlar: 22 komment. 22 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Ajoyib qoyil qolish kerak barakalla ularga omad tilayman

  2. Fazo.tv

    Salom Gulli. Kommentlaringiz uchun katta rahmat.

  3. Manga4i?? Manam yozamanku cry

  4. Assalom alaykum sizga ham rahmat maqola uchun fazotv sizlarga ham ijodlaringizga ishlaringizga omad va rivoj tilab qolaman

  5. Ey Aziza maylida nimaga xafa bolasiz

  6. Shunga ham xafa bolasizmi men õzim aytaman unda eshiting Aziza

  7. Salom sevimli dugonam Aziza bildirgan fikringiz va yozgan kamentingiz uchun rahmat biz bilan boling

  8. Тимур

    Какой молодец! Восхищаюсь!

  9. Zurku

  10. Sarvinoz

    Ovqatni qattan oladi?

  11. Yaxwi savol

  12. Kapsula bilan shong’igan olim balki shu uchundir inson och yurishi isbotlangan SUV ichish ham mumkin balki ochlikga qarshi yana bir nimadan foydalangandir

  13. Odamla kerakli narsalani unga tuwirib beriwadi

  14. Maladesakan!

  15. Shunday olimlar ko’paysin

  16. Aytkanis kelsin

  17. Rasulbek

    good zor

  18. Shoxrux

    Qachon yerga qaytarkan endi

  19. Tajribasi yakuniga yetganda qachon qaytishi maʼlum emas manimcha

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social