Apple va Google virus yuqtirgan insonlarni kuzatuvchi texnologiyani ishlab chiqadi

Apple va Google virus yuqtirgan insonlarni kuzatuvchi texnologiyani ishlab chiqadi

Google va Apple kompaniyalari koronavirus bilan kasallangan inson kimlar bilan muloqotda bo‘lganini aniqlashga yordam beruvchi texnologiyani ishlab chiqish uchun kuchlarini birlashtiradi. Ikki kompaniya saytlarida shu haqdagi bayonot paydo bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, bu foydalanuvchilarning xavfsizligiga salbiy ta’sir etmaydi va ularning shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini buzmaydi. Yangi texnologiyani ishga tushirish ishlari bir necha oyni talab qilishi mumkin.

Yangi texnologiya mamlakatlar hukumatlariga koronavirus tarqalishini to‘xtatishga yordam beradi, bunga kasallangan insonning kontaktlarini aniqlash qo‘l keladi. U ikki bosqichda ishga tushiriladi.

Birinchi bosqichda Android va iOS qurilmalarining o‘zaro harakatini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot ishlab chiqiladi. Bu vazifa may oyida yakunlanishi rejalashtirilgan.

Ikkinchi bosqichda, kompaniyalar Bluetooth negizida ishlaydigan maxsus platforma ustida ish olib boradi. Aynan shu kasallanganlarning aloqa qilgan kishilarini kuzatadi. Bu bosqichni amalga oshirish uchun bir necha oy sarflanishi belgilanmoqda.

Taxmin qilinishicha, koronavirus aniqlangan yangi texnologiya foydalanuvchilari bu ma’lumotni ilovaga kiritadi. Shu bilan bemorlar bilan yaqin kunlarda aloqa qilgan kishilarga eslatma yuboriladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social