“Beeline” va “Ucell” monopoliyani yuzaga keltirgani oshkor bo`ldi

“Beeline” va “Ucell” monopoliyani yuzaga keltirgani oshkor bo`ldi

«Bilayn» 2013 yilning 20 yanvarida asosiy tarif rejalarida kunlik abonent to`lovini 2 tsentdan 3 tsentga oshirganini ma`lum qilgan. Ayni vaqtda, 2013 yilning 25 yanvar` kuni Ucell asosiy tarif rejalarida kunlik abonent to`lovini 2 tsentdan 3 tsentgacha oshirganini e`lon qilgan.

yil boshidan beri Beeline va Ucell’ning deyarli barcha talabga katta bo`lgan tarif rejalarida (Ucell’da — «Oddiy», «GAP», «Yanada ko`p suhbat», «Oson hisob», Beeline’da — «Zo`r-Zo`r», «O!», «Allo!», «Oddiy!» i t. d.) abonent to`lovlari miqdori oshirilgan, deyiladi qo`mita xabarida.

Qo`mitaning alohida qayd etishicha, 2012 yilning yanvar` oyidan O`zbekiston mobil aloqa operatorlari (Ucell, Beeline) bir vaqtda 1 tsent miqdorida kunlik abonent to`lovini joriy etishgan. O`tgan yilning aprel` oyidan abonent to`lovi operatorlar tomonidan 2 tsentgacha oshirilgan. Shunday qilib, har ikkala operator tomonidan 2012 yilning aprelida va 2013 yilning yanvarida kunlik abonent to`lovlari bir vaqtda oshirilgan.

2

«Beeline va Ucell tomonidan abonent to`lovi va alohida tariflarning narxlari asossiz, bir vaqtda va sinxron tarzda oshirilishi yuqorida nomlari zikr etilgan mobil aloqa operatorlari o`rtasida qisqa vaqt ichida raqobatni cheklovchi va narxlarni sun`iy oshirilishiga sabab bo`luvchi kelishilgan harakatlar amalga oshirilganidan dalolat beradi hamda bu O`zbekiston Respublikasining «Raqobat to`g`risida»gi Qonuni 11-moddasining to`g`ridan-to`g`ri buzilishi hisoblanadi», – deyiladi qo`mita xabarida.

Ta`kidlash joiz bugungi kunda O`zbekiston uyali aloqa bozorida to`rtta kommpaniya faoliyat yuritmoqda. Bular: Unitel MChJ (Beeline savdo belgisi), COSCOM XK MChJ (Ucell savdo belgisi), RWC XK MChJ (Perfectum Mobile savdo belgisi) va “O`zbektelekom” AKning “O`zmobayl” filiali. 

O`tkazilgan tahlil natijalariga ko`ra, 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko`ra, kompaniyalarning ko`rsatilgan uyali aloqa xizmatidagi ulushi qo`yidagicha ko`rinish oldi:

1. “Beeline” — 54%;

2. “Ucell” — 41%;

3. “Perfectum Mobile” — 3%;

4. “O`zmobayl” — 1%.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. блэйд

    энди аниклашдими шуни шунча вакт каерда эди улани кузлари? шу билан бирга интернет тезлиги муаммосиям хал буб кетса яхши буларди

  2. Номаълум

    qoyil, bor ekansu! beeline bilan ucelli vaxliroq shoxlarini qirqish kerak edi

  3. qushilaman, jaa uzlaridan ketib qolishuvdi

  4. naxotki shunakasi xam buladi??? qiziq )))

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social