Dunyodagi barcha insoniyat ichida bola kabi fikrlab va bola kabi beg`ubor inson bo`lmasa kerak. Oilamizdagi eng samimiy insonlarni bolalar desak adashmagan bo`lamiz. Siz bola kabi o`ylab, bola kabi fikrlab ko`rganmisiz?
Bolani yig`latib uni onson xafa qilish mumkin. Ammo, u bir necha daqiqadan so`ng barchasini unitib, hech narsa bo`lmagandek yana o`ynab kulib yuraveradi. Ular alam va qayg`uni hech qachon yodda saqlamay, tezda unutadilar. Har bir ishni o`yin kulgi bilan bajaradi. Hayotda tassavvurlar va taasurotlar bilan yashaydi. Bolajonlarning samimiy kulgusi va quvonchi umidsiz qalblarga umid, maqsadsiz insonarga esa oldinga intilish uchun insonlarda kuchli xohishni uyg`otadi. Bolaning kulgusi butun jaxonga quvonch taratadi.
Bolalarning “nima uchun?”, degan savoli bazida bizni charchatadi. Ammo bolaning har qanday savoli uning dunyoga qarashi naqadar go`zalligidan dalolat beradi. U bugungi kun bilan yashaydi. Ertaning tashvishi va muammolari haqida o`ylamaydi. Uning dili juda ham pokdir. Xuddi buloqdan yoqimli suv chiqqanidek, bolaning ham tilidan faqat shirin so`z chiqadi. U yolg`on so`zlash va boshqalarni haqoratlab, kamsitish nima ekanligini bilmaydi.
Bola insonlarning boyligiga va kambag`aligiga qarab munosabat qilmaydi. U insonlarni qanday bo`lsa shundayligicha qabul qiladi. Uning qalbi qordek oppoq va buloq suvidek tiniq bo`lib, unga nima aytsangiz u sizning so`zingizga ishonadi. Ularning qalbida biron bir insonga nisbatan adovat va nafrat bo`lmaydi.
Kimda kim, yuqorida aytib o`tganimizdek, bola kabi fikrlab, bola kabi o`ylasa, bunday insonlarni dono insonlarga qiyoslash mumkin. Bolaning har bir harakati beg`ubordir. Boshqa tarafdan ularning o`zini bunday tutishlari etuklikdan dalolat emasmi?
Biz kattalar o`zimizning yomon ehtiros va odatlarimizni bolajonlarga o`rnak qilib ko`rsatish to`g`rimikin? Biz bolalardan o`rnak olaylik, ularning samimiy va beg`ubor hayotini barbot qilmaylik. Shunday ekan butun dunyodagi barcha bolalarni asrab avaylash biz kattalarning burchidir. Bolalar beg`ubordir-ularni asraylik!
har bir xonadonda chaqaloq ovozi yangrasin!
болалалик энг зур давр – хеч нарсани уйламийсан, факат хурсандчилик!
bolaligim beboshligimmm
“Боланинг кулгуси бутун жахонга қувонч таратади” – мана шу иборага жуда хам тугри, ишдан чарчаб кеганингда олдинга фарзандинг “дадажон” деб югириб чикканида бутун гам ташвишлар эсдан чикади, айникса ман шундай хурсанд буламанки, Яратганга мингдан минг шукур!