Biz insonlar bolalarni juda ham sevamiz va biz ularning ko`z oldimizda juda tez ulg`ayotganini ko`rib ko`zimiz quvonadi. Lekin boshqa tarafdan qaraydigan bo`lsak, ulg`ayotgan bolaga moliyaviy tarafdan ham e`tibor berish zarurdir. Masalan, bola kiyimlari kichkina bo`lib qoladi yoki oyoq-kiyimlari sig`may qoladi.
Shu kabi velosipedlar ham, bola o`sgan sari, unga kattarog`ini olishga to`g`ri keladi. Shveytsariyalik dizayner, shu muammoni qulay va iqtisodiy echimini topdi. Unga ko`ra, dizayner “Miilo” deb nomlanuvchi, yog`ochdan va alyumindan yasalgan, bola bilan ulg`ayadigan velosipedni yaratdi.
Velosiped ikki yoshdan oshgan bolalarga qulay bo`lib va etti yoshga etgunga qadar ishlatsa bo`ladi. Velosipedning o`lchami shunchaki yog`ochdan yasalgan asos orqali o`zgaradi. Masalan asos shunchaki teskari tomonga o`girilsa bas, velosipedning o`lchami kattalashadi.
Shunday qilib, shveytsariyalik dizayner moliyaviy tejamkorlik yo`lini ishlab chiqdi va shuningdek bu narsa bolalarga ajoyib hotiralarni olib kelishi ham mumkindir.
Yaxshi narsa ekan