Chapaqaylarda yana qanday o’ziga hosliklar mavjud? Bugun shular haqida yozib o’tamiz.
1. Ba’zi bolalar dastlab chapaqay bo’ladilar, ammo ularning rivojlanishi jarayonida ma’lum o’zgarishlar ro’y berdi. Riojlanish pallasidagi barcha bolalar ota-onalariga taqlid qilishadi va shunga mos ravishda ularning barcha xatti-harakatlarini takrorlashadi.
2. Ko’pchilik chapaqaylar “ko’zgu yozuvini” yozishdek noyob qobiliyatiga ega. Bunday qobiliyat paydo bo’lishining sabablari va shartlari hali ham noma’lum.
3. Yuqori toifadagi sportchilar orasida chapaqaylarning ko’pligi kuzatilmoqda. Buning sababi esa, chapaqaylar odatda bo’shliqqa oid tassavurga moyil bo’ladi.
4. Aslida, chapaqaylar haqida juda ko’p asossiz va isbotlanmagan afsonalar mavjud. Ular orasida eng mashhurlari ularning qisqa umr ko’rishi, ijodkorlik qobiliyati kuchliligi va allergiya moyilligi tog’risidagilari. Biroq,yangi tadqiqotlar ushbu fikrlarni to’liq rad etgan.
5. Chapaqaylar kompyuter klaviaturasida o’naqaylarga qaraganda tezroq yozishadi. Buning sababi, eng ko’p ishlatiladigan harflar asosan klaviaturaning chap tomonida joylashgan.
6. Chapaqay odamlarda nafaqat chap qo’l va oyoq, balki butun tanasida ham chap tomon ustunlik qiladi. Chapaqaylar avtomatik ravishda teleskopga chap ko’zi bilan qaraydi. Telefonni ham chap qulog’iga tutishadi.
7. Chapaqaylarga nisbatan “noxaqlik” hali ham ko’p mamlakatlarda mavjud. Shunday qilib, Gana Respublikasida chapaqay inson taxtga davo qilishi taqiqlanadi. Ba’zi mamlakatlarda odamni faqat o’ng qo’lidan foydalanishga o’rgatish uchun juda shafqatsiz usullar joriy etilgan.
8. Chapaqaylar orasida mashxurlar ham talaygina: Barak Obama, Gay Yuliy Sezar, Leonardo do Vinchi, Pablo Pikasso, Albert Enshteyn, Isak Nyuton, Bill Geyts, Charli Chaplin, Merlin Monro, Lyudvigvan Bethoven, Mark Tven shular jumlasidandir.
9. Amerikaliklarning tadqiqotiga ko’ra, chapaqaylarda baxtsiz hodisalarga uchrash xavfi yuqori bo’lar emish. Chapaqaylarning taxminan 17 foizida avtohalokatda jarohat olish ehtimoli bor. O’ng qo’l egalari uchun faqat 8% xavf ostida. Biroq,olimlar bu xususiyatni hali ham tushuntirib bera olishmayapti.
10. Chapaqay erkaklar o’naqaylariga nisbatan kuchliroq hotiraga ega bo’lishadi.
Билмадим.Жавоблардан коникмадим.
Углим чапакай куп айтилган хусусиятлар тугри келмади.Узр ёркинрок фактлар ёзилмабди
Salom Nargiza, javobingiz uchun rahmat, albatta qiziqroq faktlar yozib beramiz
Rostdan ham k6pi t6ri kemadi, xato yozgansila
Man chapaqayman. Manda to’g’ri keldi ko’pi
Men ham chapaqayman. to’g’ri keldi hammasi
manga yoqdi.
zur
menga ham yoqdi
Zoʻr