Angliya futbol yulduzi Devid Bekxem o`z jamoasi o`yinlari va mashg`ulotlari orasida qisqa muddat tanafus oldi. Eslatib o`tamiz, Devid Bekxem jamoasi Los Angles Galaxy Janibiy-Sharqiy Osiyoda o`z turnesini davom ettirmoqda. Devid Bekxem bu tanafus vaqtida Filippin paytaxti Manilada joylashgan bolalar uyiga tashrif buyurdi.
36-yoshli sportsmen anchadan beri YuNISEFda, butun dunyoda uysiz qolgan bolalarga yordam beradigan elchilar qatoriga kiradi. Shunday uylardan birida Bekxem butun kun maboynida o`smirlar orasida o`tkazgan, ko`pchilik bolalarning shaxsiy kulfatlari hamon eslarida. Bolalarning orsida ko`pchiligi ko`chalardan qutkarilgan yoki jinoyatchi va narkoman ota-onalardan olib qo`yilganlar.
Angliya terma jamoasining sobiq sardori Devid Bekxem bolalarga qanday qilib o`z orzusiga erishgani va professional futbolchi bo`lganligi haqida aytib bergan.
-Men 7 yoshimdan o`z ustimda ishlashni boshladim, menda orzu bor edi va bu orzu meni etakladi, keyinchalik men “Manchester Yunayted ” jamoasi safiga qo`shildim.
Bekxem diqqat bilan filippin bolalarining xiqoyalarini eshitib o`tirgan, ular o`zlarining yoshlariga qaramasdan ko`p qayg`uli kunlarni boshlaridan o`tkazishgan. U bu hikoyalardan juda hayratlandi, bu bolalar shuncha qiyinchiliklardan keyin javobgarlik va hurmatga o`rganishgan, hamda ular bu sinovlardan keyin ham qattiq g`azabda emaslar.
-Men juda tasirlandim, bu bolalar uyi – haqiqatdan ham baxtli joy. Men to`rt farzandning otasi bo`la turib, ushbu bolalarning ota-onalari yo`qligi yoki ota-onalari o`z burchlarini bajarolmasligi haqida o`ylash juda og`ir. O`ylaymanki, shunaqa muammolarga butun dunyo diqqatini jalb etish kerak,- deydi Devid Bekxem.
Uchrashuvi yakunida bolalar Bekxemdan futbol bo`yicha kichkina master – klass ko`rishdi. Bu master klass uchrashuvning bezagi bo`lgan. Keyin ular ikki jamoaga bo`linib futbol ham o`ynashgan. Ajablanarli joyi yo`q, chunki Bekxem o`ynagan jamoa o`zinig raqibiga 0:1 hisobida mag`lubiyatga uchragan.
мана хакикий футболчи, Бекхем хакикатдан жуда ажойиб уйнайди. кувонтирадиган нарса шуки у шунчалик машхурлигига карамасдан “звездная болезнь” га чалинмагани. офарин!
Fazo adminlari Sizlarga katta rahmat mana shunda malumotlar etkazyotganlariz uchun. Man fubolga roza qizziqaman, futbolchilarning nafaqat maydondagi axvoli, balki maydondan tashqaridagi hayotiga ham rosa qizziqaman. uz_game to’g’ri etdiz Backham qanchalik mashxur bo’lishiga qaramasdan, u kamtar. Buni mana shu maqolani o’qib ham guvohi bo’lsa bo’ladi
Хаммага Салом
salom форфон
Oooo, jamoat jamku. Hormela forfon, madina, uz_game, Gol! Saytiyam boplapsila. Yahshi. Yoshlaga juda ma’qul sayt. Mana shunaqa saytla k’opro bo’seydi. Bekhemga gap yo’q. Ayniqsa uning chap oyog’iga gap yo’q. Respect koroche!