Jahon kinosining marvaridiga aylangan sevimli “Qor malikasi” multfilmi haqida ko‘pchilik bilmaydigan 20 ta fakt

Jahon kinosining marvaridiga aylangan sevimli “Qor malikasi” multfilmi haqida ko‘pchilik bilmaydigan 20 ta fakt

Ko‘pchiligimiz uchun “Qor malikasi” multfilmi, birinchi navbatda, Yangi yil bayrami hamda Andersenning yaxshilik va yomonlik haqidagi ajoyib ertagi bilan bog‘liq. Ammo bu butun dunyoda tan olingan, ko‘plab tillarga dublyaj qilingan va jahon kinosiga ta’sir ko‘rsatgan asar ekanini ko‘pchilik bilmaydi. Hayao Miyazakining so‘zlariga ko‘ra, agar “Qor malikasi” bo‘lmaganida, u mashhur animator bo‘lolmasdi.

  • Jasur qiz Gerdaning uzoq safarga qanday otlangani haqidagi hikoyani Hans Kristian Andersen 1884-yilda yozgan. 1957-yilda esa ertak ekranlashtiriladi.
  • Andersonning tarjimayi holiga ko‘ra, Qor malikasining prototipi opera qo‘shiqchisi Jenni Lind bo‘lishi mumkin. Hikoyachi o‘zidan 15 yosh kichik bir qizni sevib qolgan va qiz unga akasidek munosabatda bo‘lgan.
1957-yildagi Qor malikasi va uning prototipi opera qo‘shiqchisi Jenni Lind.
Foto: AdMe
  • Multfilm rejissori Lev Atamanov bo‘lib, u boshqa mashhur multfilmlar — “Oltin antilopa” va “Qirmizi gul” va boshqalarni ham suratga olgan. Hayvonlar va manzara eskizlarini chizish uchun prodyuser Aleksandr Vinokurov mas’ul edi.
  • Animator Leonid Shvartsman qahramonlarning, jumladan, bosh qahramonning badiiy obrazlarini yaratadi. Bu haqda u shunday deydi: “U juda chiroyli va kuchli ayol, biroq  o‘lik kabi muzdek. Bu xususiyatni ta’kidlash uchun men unga yorqin kristall toj qo‘shdim”.
  • Leonid Shvartsman 101 yil yashadi va ellikdan ortiq multfilm eskizini chizishga muvaffaq bo‘ldi. Ular orasida “Timsoh Gena”, “Gav laqabli mushukcha” va “38 to‘tiqush” kabi afsonaviylari ham bor.
Leonid Shvartsman
Foto: AdMe
  • Ijodiy guruh ko‘p vaqtini yirik kutubxonalarda badiiy kitoblarni o‘rganishga sarflaydi. Rassomlar birinchi eskizlarini aynan o‘qish zallarida yaratadi.
  • Tasvirga olish guruhi voqealar yuz beradigan Kopengagenga sayohat qilishi uchun ortiqcha mablag‘ yo‘q edi. Ammo rassomlar Tallin, Tartu va Rigaga xizmat safarlariga borishlari mumkin edi. U yerda multfilm mualliflari ikki hafta davomida arxitektura, tor ko‘chalar va tabiat eskizlarini yaratadi.
  • Qor malikasiga afsonaviy aktrisa Mariya Babanova ovoz bergan. Vsevolod Meyerxoldning iqtidorli shogirdi Mariya Babanovaning aktyorlik mahorati haqida rejissor Sergey Eyzenshteyn shunday deydi: “Mariya rollarini ipak ip bilan tikadi”.
  • Multfilmning fransuzcha versiyasidagi Qor malikasiga Katrin Denev ovoz bergan. Gollivudda esa yovuz qahramon Ketlin Tyorner, Gerda yosh Kirsten Danst tomonidan ovozlashtirilgan.
Mariya Babanova va Katrin Denev
Foto: AdMe
  • Mariya Babanova nafaqat malikaga ovoz beradi, balki uning ijrosi plyonkaga suratga olinadi, keyin esa kadrma-kadr tushiriladi. Shu sababli uning tashqi ko‘rinishi boshqa qahramonlardan sezilarli darajada farq qiladi.
  • Multfilm yaratishning bu usuli fransuzlarning Eclair kompaniyasining stanogi nomidan keyin rotoscoping yoki “Ekler usuli” deb nomlangan. “Biz mashinaning bir tomoniga ekranni biriktirdik. Boshqa tomoniga — proyektorni. Aktyorlar suratga olinadi, so‘ng tasvir ekranga proyeksiya qilinadi, animator esa ekranga qog‘oz qo‘yib, qahramonning kerakli pozitsiyasini unga o‘tkazadi”, — deydi prodyuser.
  • Gerdaga “Zolushka” filmidagi bosh roli bilan tomoshabinlarga tanilgan Yanina Jeymo ovoz beradi. Babanovadan farqli o‘laroq, u qahramonini “rotoskopiya qilish”da faqat ba’zi sahnalar uchun qatnashgan.
Yanina Jeymo
Foto: AdMe

Qiziqarli fakt: “Zolushka” filmida shahzoda rolini o‘ynagan aktyor Aleksey Konsovskiy “Qor malikasi” filmida Laplandiyadan kelgan bug‘uni ovozlashtirgan. Uning qahramoni Gerdaga keksa jodugarning oldiga borishga yordam beradi.

Aleksey Konsovskiy “Zolushka” filmida
Foto: AdMe

1982-yilda multfilm qayta tiklanadi va qayta dublyaj qilinadi. Qizig‘i shundaki, bu safar Qor malikasi ertakning 1966-yilgi film versiyasida Gerda rolini o‘ynagan mashhur aktrisa Yelena Proklovaning ovozida gapiradi.

Yelena Proklova
Foto: AdMe
  • 1959-yilda multfilm ingliz tiliga dublyaj qilinadi. Keyinchalik — nemis, italyan, fransuz va boshqa tillarga ham. Kartina butun dunyoda yuqori baholanadi. Multfilm Venetsiya, Kann, Rim va Londondagi xalqaro kinofestivallarda sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘lgan.
  • 1979-yilda Leonid Shvartsman taniqli aktrisa Odri Xepbyornning xayriya jamg‘armasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan “Gollivud—bolalar uchun” mukofotini oladi.
  • Yaponiyalik animator Hayao Miyazaki (“Malika Mononoke” va “Ruhlar olami”) 1964-yilda multfilmni birinchi marta ko‘rganida qattiq ta’sirlangan. O‘sha paytda u Tokio studiyasida ishlashdan charchagan va kasbini o‘zgartirish haqida o‘ylardi, ammo “Qor malikasi” bo‘lajak rejissorning animatsiya haqidagi g‘oyalarini o‘zgartirib yuboradi.
  • Qizig‘i shundaki, Leonid Shvartsman Miyazakidan farqli o‘laroq Disney multfilmlariga qoyil qolgan va ilhomlangan, jumladan “Bembi” multfilmidan.
“Qor malikasi” va “Malika Mononoke”
Foto: AdMe
  • Multfilmda Anderson ertagining muhim qahramonlaridan biri — troll yetishmayotgan edi. Shvartsmanning so‘zlariga ko‘ra, yozuvchilar kitobdagi trollning beadab o‘quvchilari tufayli Kayning ko‘ziga ko‘zgu bo‘lagi tushgan parchani o‘zgartirishgan. Sujetga ko‘ra, Qor malikasining o‘zi bolaning uyiga ko‘zgu siniqlarini yuboradi.
  • Bundan tashqari, animator Fyodor Xitruk yangi personaj — Ole-Lukoyeni qo‘shadi. U buni Andersenning boshqa ertagidan oladi. Multfilmda Ole hikoya qiluvchi rolini bajaradi.
  • Kitobda Kay va Gerda ulg‘ayib uyga qaytishadi. Kichkina qaroqchi ham katta bo‘ladi.
“Muzyurak”dagi troll va Ole-Lukoye
Foto: AdMe

“Biz sevgi, do‘stlik va sadoqat haqida multfilm yaratdik. Shuningdek, bu kartina ajoyib tuyg‘ularni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan kuch haqida va asosiysi bu kuchning mag‘lubiyati haqida”, — deydi animator Leonid Shvartsman.

Kommentlar: 16 komment. 16 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Жуда кизик маълумотлар, рахмат

  2. Aziza

    Ha, endi yana ko’rgim keldi bu multfilmni smile

  3. Тимур

    Советский мультикла жуда зур

  4. Sevara

    Rahmat

  5. Laliddin

    good good

  6. Shokir

    Juda bayramiy multde

  7. Ezozaxon

    Menga juda yoqadi

  8. Olimbek

    good

  9. Ulug'bek

    Bolalikni eslatadigan multfilm

  10. Holmira

    smile smile smile

  11. Jaloliddin

    Gap yo’q!

  12. Karimov Alisher

    good

  13. Javlon

    Rahmat

  14. Kiro

    heart

  15. Charos

    O’zbekchasini ko’rganman, juda yoqadi

  16. Shogird

    a

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social