Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi

Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi

Nyu-York, xuddi bir yil avvalgidek, eng ko‘p millionerlar yashaydigan dunyo shaharlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda  Henley & Partners va New World Wealth tomonidan e’lon qilingan hisobotdan ma’lum bo‘ldi.

Hisobotga ko‘ra, Xitoy va Amerika shaharlari reytingning eng yuqori pog‘onasidan joy olgan, birinchi o‘ntalikka kiruvchi yagona Yevropa shahri — London.

Xususan, ayni paytda yetakchi Nyu-York shahrida (AQSH) 340 ming millioner istiqomat qiladi.

10 yil avval ro‘yxatda birinchi o‘rinni egallagan Tokio (Yaponiya) 290,3 ming millioner bilan ikkinchi, 285 ming millioner bilan San-Fransisko (AQSH) uchinchi o‘rinda.

To‘rtinchi o‘rinni 258 ming badavlat aholisi bilan London (Buyuk Britaniya), beshinchi o‘rinni esa 240,1 ming millioner bilan Singapur egalladi.

O‘tgan yilga nisbatan kuchli beshlik yetakchilari o‘zgarmagan bo‘lsa-da, ikkinchi beshlikda ma’lum rotatsiyalar sodir bo‘ldi.

Shunday qilib, Los-Anjeles (AQSH) oltinchi o‘rinni saqlab qoldi (205,4 ming millioner), lekin Chikago va Xyuston (ikkalasi ham AQSHda) kuchli o‘nlikdan tushib ketdi.

Ammo Gonkong yettinchi o‘rinni egallab, kuchli o‘nlikka qaytdi (129,5 ming millioner). Sakkizinchi va to‘qqizinchi o‘rinlarda o‘tgan yilgidek Xitoyning Pekin (128,2 ming boy) va Shanxay (127,2 ming millioner) shaharlari joylashgan.

Kuchli o‘nlikni Sidney (Avstraliya) yakunlab turibdi, u kuchli o‘nlikka yangi kirgan (126,9 ming millioner).

Sidney 2040-yilga borib dunyoning eng boy besh shaharlaridan biri bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Kommentlar: 16 komment. 16 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Узбекистонда хамма миллионерку. Битта ойли олишса булди laugh

  2. Ushadeeee rofl

  3. Xitoyda millionerlar qattan paydo bugan?

  4. Alibaba, aliexpress va wunga uxwidigan kuplab firmlarni bowliqlari

  5. Qiziq emas!

  6. Saidumar

    gamer4

  7. Hammayo puuuuul

  8. Ushade

  9. Qurbonov

    Haqiqiy boy insonlani he4 kim bilmidi qattaligini

  10. ZUR

  11. search menga ham pul berishsin

  12. Shoxrux

    good

  13. Eng boy inson oilasi ota onasi bagʻrida baxtli yashaydigan inson bu haqiqiy boylik oila sogʻlik bu eng katta boylik

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social