Shu bilan viloyatda uy olgan tarbiyalanuvchilar soni 30 nafarni tashkil qilmoqda
Ma’lumki Prezident Shavkat Mirziyoyevning qaroriga ko’ra, 09.08.2021-yildagi PQ-5215-sonli qaroriga ko’ra joylarda Milliy gvardiya hodimlari Mehribonlik uylariga ko’maklashish uchun ota sifatida biriktirilib, tarbiyalanuvchilarni oila bag’riga qaytarmoqda. Bitiruvchilar muammosini yaqcndan o’rganib ularning muammolarini ijobiy hal etib kelmoqda. Bugun Farg’onada Milliy gvardiya boshqarmasi tomonidan qilinayotgan ezgu ishlar fikrimga misol bo’ladi.
Boshqarma tomonidan 2021-yil davomida 29 nafar bitiruvchiga barcha sharoitlarga ega 1 xonalik uylar topshirilgan bo’lsa bugun 2022-yil boshidanoq yana bir Prezident farzandi o’zining shinam uyiga ega bo’ldi.
Marg’ilon shahar 1-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Usmonov Lazizbek Mehribonlik uyini bitirib mustaqil hayotga qadam qo’ydi.
“Tez orada Mehribonlik uyini bitirsam qayerga boraman deb o’ylanib Milliy gvardiya Farg’ona viloyati boshqarmasi boshlig’i polkovnik Shavkat Akbarovga uyim yo’qligini muddat esa kamligini aytdim. Ular tezkorlik bilan murojaatimni o’rganib ijobiy hal etishdi . Shukur endi meni uyim bor. Davlatimiz ota-onam vafot etganini bildirmadi, 18-yil shu maskanda tarbiya topdim. Yomon bo’lmadim. Sportchi bo’ldim. Kelajakda Prezidentimizga sodiq kadr bo’lib yetishaman. Emin erkin yashashimiz uchun barcha sharoitlarni yaratayotgan Shavkat Mirziyoyevga, Gvardiya hodimlariga rahmat ” -deydi.
Eslatish joizki, Mehribonlik uyi bitiruvchilariga shu paytgacha Prezident yangi qaroriga ko’ra berilayotgan uylar barchasi to’liq ta’mirlangan, barcha kerakli jixozlar kondisioner, gaz plita, ariston, yotoqxona va oshxona mebellari bilan ta’minlangan holda berilmoqda.
L. Usmonovga Farg’ona shahar, Lolazor MFY, Abdulla Qodiriy ko’chasidan 1 xonali 8-V uy, 3-xonadon kaliti Milliy gvardiya Farg’ona viloyati boshqarmasi, Farg’ona viloyati hokimligi, shahar hokimligi, mahalla va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida topshirildi
Lazizbekning ko’zidagi quvonchi cheksizligini ko’rib Prezident chiqargan qonunlar agar vaqtida ishlasa nechta shu kabi taqdirlar xo’rlanmasligi, jannatmakon O’zbekistonni mehrini his his qilishini angladim. Farzandlarin boshin silagan sendayin yurt ko’rmadim yana.
Manba: Huquqshunos bloger Shermuhammad Dehqonov
eeee, silayam politika quyadigan bupsilami? uf…
juda yaxwi, davlatimiz katta va foydali iwlar qiliwyapti
svetsiz yawab bumasakan… odam qiynalib ketdi ke4a, yaxwi bugun svet bor endi
bunaqa maqolala keremas, yozmela, politika bu yerda bumasin
barakalla, davlatimiz qo’llab quvvatlasin ularni