Fransiya barcha benzin va dizel avtomobillarini man etadi!

Fransiya barcha benzin va dizel avtomobillarini man etadi!

Fransiya 2040-yilga qadar benzin va dizel yoqilg’isi bilan ishlaydigan barcha transport vositalarini taqiqlashni rejalashtirmoqda.

Ekologiya yangi vaziri “Nikolya Yulo” bu qaror haqida e’lon qildi va prezidenti “Emmanuel Macron” 2050-yilga Fransiyani uglerod-neytral mamlakat qilishni ko’zda tutish chora-tadbirlari rejasiga kiritdi.

Jumladan, kam ta’minlangan fuqarolar eski nomaqbul ekologik avtomobil o’rniga yangi olish uchun pul olishadi.

Eslatib o’tamiz, Volvo kontserni 2019-yildan faqat elektr va gibrid avtomobillarni ishlab chiqaradi.

Frantsiya – ichki yonish dvigatellarini taqiqlashni istagan yagona davlat emas. Niderlandiya va Norvegiya allaqachon 2025-yilda benzin va dizel avtomobillardan qutilishga harakat qilmoqda va Germaniya esa 2030-yilda o’ziga shu maqsad qo’ygan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social