Butun dunyo Garri Potter haqidagi hikoyalarni yaxshi ko‘radi. Filmlari o‘nlab marta tomosha qilinsa ham, kitoblarni qayta-qayta o‘qilsa ham ba’zida hatto eng diqqatli muxlislar ham ayrim xatoliklarni o‘tkazib yuborishadi. Quyida Potterning hatto eng ashaddiy muxlislarini ham hayratda qoldiradigan bir nechta mantiqsizliklar bor.
Nima uchun maktab o‘quvchilari forma kiyishmaydi?
Birinchi filmda maktab o‘quvchilari doimo forma kiyishadi. Garri olgan maktubda talabalar forma, shuningdek, uchli shlyapa kiyishlari kerakligi aytilgan. Biroq negadir, keyingi filmlarda talabalar ko‘pincha Hogvartsda oddiy maggllar kiyimida yurishadi.
Nega Lyusius Malfoy Dobbini Hogvartsga olib keladi?
Uy elflari o‘z nomi bilan — o‘zlari bog‘langan oilaga xizmat qiladi va uni egasining buyrug‘isiz tark eta olmaydi. Mazkur sahnada Malfoy Dobbini o‘zi bilan Hogvartsga olib boradi, lekin nega? Garri uni ozod qilishi uchunmi?
Qanday qilib Jeyms va Sirius Griffindor formasini kiyib oladi?
Saralashdan keyingi sahnada Lili Jeyms va Sirius o‘rtasidagi stulga o‘tiradi. Qiz Hogvartsning standart formasida, bolalar esa allaqachon Griffindor mantiyasi va galstuklarini taqib olgan. Ammo ularning barchasi birinchi kurs talabalari, ya’ni ular endigina saralangan va hali fakultet formasi berilmagan bo‘lishi kerak edi.
Nega medalyon hammaga ta’sir qilmaydi?
Hech kimga sir emaski, Slizirin medalyoni Ronga yomon ta’sir qildi — u g‘azablanib, asabiylashadi. Nega Dolores Embrij uni bemalol taqib yura oladi?
Medalyon bilan bog‘liq yana bir qancha savollar mavjud. Vazirlik xodimlari qiyofasida bo‘lgan Garri va Germiona sud zalida bo‘lganida, Potter Embrijning bo‘ynidagi medalyonni tom ma’noda his qiladi. Ammo qahramonlar sal oldin liftda birga bo‘lgan va bir-biriga ancha yaqinroq edi. Nega Garri o‘shanda medalyonni sezmaydi, guvohlar yo‘qligida uni Embrijdan tortib olmaydi?
Filmda “London ko‘zi” attraksioni qayerdan paydo bo‘ldi?
Sakkizinchi filmning landshaft sahnalaridan birida “London ko‘zi” attraksionini ko‘rish mumkin. Ko‘pchilik u faqat 2000-yilda ochilganini bilishadi, sakkizinchi qismdagi voqealar esa 1997-yilda sodir bo‘ladi.
Nega Hogvartsda bunday g‘alati xavfsizlik qoidalari bor?
Film davomida “Garri Potter” qahramonlari Hogvartsni sehrli dunyodagi eng xavfsiz joy deb atashadi. Ammo maktab o‘quvchilari bu yerda xavfli sport turlari bilan shug‘ullanishadi, halokatli musobaqalarda qatnashadilar, yirtqich hayvonlar va qora sehrgarlar bilan kurashadilar.
Biroq xavfsiz qishloq — Hogsmidga ota-onalar yoki vasiylarning ruxsatisiz borish mutlaqo taqiqlangan. Shunday ekan, nima uchun hech kim, masalan, “Uch sehrgar” turnirida ishtirok etish uchun kattalarning roziligini talab qilmaydi?
Nima uchun Potterlar uyi sirining qo‘riqchisi Jeymsning o‘zi emas, Pettigryu bo‘ladi?
“Garri Potter” kitoblaridan ma’lumki, uy egasi o‘z uyi sirining qo‘riqchisi bo‘lishi mumkin. Masalan, Artur va Bill Uizli mos ravishda Noralar va “Chig‘anoq” kottejining qo‘riqchilari bo‘lishgan. Shunday ekan, nima uchun Potterlar uyining qo‘riqchisi Jeymsning yoki Lilining o‘zi bo‘lmagan? Axir ular sirni Voldemortga hech qachon oshkor qilmasdilar-ku?
Nima uchun Garri supurgidan foydalanmaydi?
“Hikmatlar toshi” kitobidayoq Garri birinchi marta supurgiga o‘tirganida, uning uchish qobiliyatiga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi. Afsuski, u kvidich o‘yinini hisobga olmaganda bu qobiliyatidan deyarli foydalanmaydi.
Masalan, Voldemort bilan yoki maxfiy hujrada Vasilisk bilan bo‘lgan jangda supurgidan foydalanishi mumkin edi.
Nima uchun maktabda ta’lim bunchalik tizimsiz?
Bundan tashqari, ta’lim tizimining o‘zi ko‘plab savollarni keltirib chiqaradi. Sehrgarlarning bolalari Hogvartsga kirishdan oldin uyda o‘qitiladi. Sehrgarlar bolalarini maktabga qanday tayyorlaydi, kim ularni o‘qish va yozishga o‘rgatadi? Nima uchun Hogvartsda har qanday odam uchun foydali bo‘lgan biologiya, matematika va boshqa fanlar o‘qitilmaydi? Nima uchun magllardan tug‘ilgan bolalar ularni alohida o‘rganmaydi? Nega ularning qarindoshlari va tanishlari bu bolalarning bilimda orqada qolganligini sezmaydi?
Yana bitta savol bor bu kinoga, nega ba’zilarini puli kam? Ular sehrgarku, o’ziga pul chaqirishlari mumkinku
Kino zo’rku, lekin unga savollar ko’p
Hicham bu haqda oylamagankanman
Endi Potterni yana korgim kebqoldi
Bo’magan narsalarni nima qilamiz muhokama qilib?
The boy who lived, come to die
You are wizard Harry!
Zo’r kinoni buzmela manga
Qani hamma???
assalomu alaikum xammaga man wu xccam kino kurwga urganalmadm urganalmadmda nmagadur ki o kursam asabm buzilb ketadi xamma kino kurb utrsa man yo ciqb ketb brnmala cuqulanb yuraman yo utrsamam teskari qarab utiraman nmagadur sababini blganla yozvorarsila
Uzoq bitta narsa tomowa qilomismi? Serialla kurasmi?
Hozirgi yoshlarning hammasi shunday, bitta joyda o’tira olishmaydi
aziza opa yuq serial zam kurmiman
salom shuxrat manga aka busez kere yowlar db yozpssz btta joyda uuutirgandan foyda yug xarakatda buliw kere odam sizi yowzga yetganda utiroramz;)
Qalesila qzla. Man 1ta joyda òtrb kino kòrib otirorsamde kimdir chaqirib qoladi yoki bitta iwim chiqib qoladi man rossa yaxwi koraman seriallani sevaman
Qaysi seriallani koras?
Tori etas, kereli vaqtda otiramiz, hozir iw kop
Qiziq, lekin hammasiga javobim bor
Hozrda qizim serialini qiziqib kòraman undan tawqari ( tugun; iqror; ….) kòp kino seriallar kòraman kechasi ham kòrib uxleman anu er bermoq jon bermoqni ham qayta qayta kòroraman
Nozim qanaqa javobiz bor??
Qizizi qanaqa serialini koras?
Yaxshi
Iyy aziza yutubega qizim serialari dep yozib korin chiqadi bugun ham yangi qismi chiqadi hali 20 30laga yutubega cqarishadi oshanda kòrib olaman
Rahmat