Barsa 1:2 Real

Barsa 1:2 Real

To`rt yil ichida madridliklar milliy chempionat uchrashuvlarida o`zlarining azaliy raqiblari ustidan g`alaba qozonib, bu mavsumdagi milliy chempionatdagi birinchi o`rinni naqt qilib qo`yishdi.

Ispaniya chempionati 35-tur markaziy uchrashuvida Madridning “Real” klubi “Barselona”  ustidan g`alaba qozondi. O`yin Barselona maydoni “Kamp Nou” da bo`lib o`tdi, o`yin 1:2 hisobi bilan mehmonlar foydasiga hal bo`ldi.

Birinchi bo`lib mehmonlar o`zlarini ko`rsatishdi: o`yinning 17 daqiqasida “Real” yarimhimoyachisi Sami Xedira to`pni o`z vaqtida o`z darvozasi yaqinidan uzoqlashtiraolmagan “Barselona” sardori Puyolning xatosidan unumli foydalanib, to`pni Valdes qo`riqlayotgan darvozaga to`g`irlab qo`ydi.

“Real” ning bu goli chempionatdagi 108 chi goli bo`ldi. Bu bilan “Qirollik klub” 1989/1990 yil mavsumida o`rnatgan rekordni yangiladi. Birinchi bo`lim yakunigacha bu hisob o`zgarmadi va jamoalar 0:1 hisobi bilan dam olishga chiqib ketishdi.

O`yin tugashiga 20  daqiqa qolgandi, aniqrog`i o`yinning 70 daqiqasida zaxiradan o`yinga tushgan Aleksis Sanches birinchi xujumning o`zidayoq hisobni 1:1 ko`rinishiga olib keldi. Lekin uch daqiqa o`tar o`tmas madridliklarning tezkor qarshi xujumini yakunlagan Krishtianu Ronaldu o`yindagi so`ngi hisobni o`rnatdi.

Eslatib o`tamiz, Ronaldu bu mavsumda o`zining 42 – golini urdi. Shu bilan U Ispaniya chempionatida bir mavsumda urgan gollari evaziga rekord o`rnatdi.

 “Real” bu g`alabasi bilan chempionatidagi birinchi o`rinni naqt qilib qo`ydi desa ham bo`ladi. Chempionat tugashiga to`rt tur qolganda madridliklar “Barselona” dan etti ochkoga oldinda borishmoqda.

“Real” uchun 2007 yil dekabr oyidan beri mehmonda “Barselona” ustidan qozonilgan birini g`alaba bo`ldi. Shu bilan Qirollik klub 2008 yil may oyidan beri Ispaniya chempionatida birinchi marta “Barselona” ustidan g`alaba qozondi. “Real” so`ngi bor mehmonda “Kamp Nou” maydonda 1964 yili g`alabaga erishishgan ekan.

Ispaniya milliy birinchiligidagi so`ngi 10 ta uchrashuvda “Real” atiga ikki marta g`alabaga erishishgan, olti marta mag`lubiyat va bir marotaba durang hisob qayd etilgan.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gol

    барча реал мухлисларини табриклайман, нихоят анча вактдан бери кутиб келинган галаба. криштиану хакикатдан хам молодцик

  2. Номаълум

    ha! ajoyib g’alaba. Barsa muxlislariga sabr toqat tiliman

  3. (:-)

    Бу сафар реалли омади келди, а то Барса чачиб, титиб ташарди. хам майли, курармиз кейинги уйинларини

  4. dr

    chempionlik hali naqd emas, ochkolar bo’yicha barsada hali imkon bor (kulguli), keyin 3-4 yil oldinmi aniq esimda yo’ lekin barsa o’z maydonida realga yutqazgan edi.

  5. jahon

    real olga, zor! barcaga kursatishdi qanday uynash kerak!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social