Agarda bu noyob uyga yaqindan nazar solsangiz, bu oddiy yog’och uy kabi ko’rinadi, ammo u butunlay gazeta yordamida qurilgan.
Agarda “Rockport” shahriga (Massachusetts shtati) bo’rsangiz, vaqtni ayamang va Pigeon-Hill ko’chasiga boring va u yerda «Paper House» ( «Qog’ozli Uy») nomli belgini topishga harakat qiling.
Gazeta uyning tarixi 1922-yilga to’g’ri keladi. Unda Elis Stenman ismli muhandis kichik uy qurishni boshlaydi. Barchasi har qanday boshqa uylar kabi yog’ochli ramka, tom va pol bilan boshlanadi, lekin devorga kelganda, Stenmanga noyob bir fikr keladi.
Stenman uy devorlarini qalin eski gazetalarni o’zaro yopishtiradi va ustidan yaxshilab lak bilan bo’yab chiqadi.
Shuningdek, uy ichidagi barcha narsalar qog’ozdan yasalgan. Stullar, stollar, javonlar, pardalar, soatlar ham gazeta va jurnal sahifalaridan yasalgan. Faqatgina pianino yog’ochdan yasalgan va qog’oz bilan qoplangan, kamin esa issiqlik sabablariga ko’ra g’ishtdan qurilgan.
Deyarli to’qson yil o’tib, devorning yuqori qatlamlari asta-sekin tushishni boshladi. Shu sababli devordagi gazetalarning yozuvlari va reklamasi ko’rina boshladi. Vaqt o’tishi bilan, gazeta qatlamlari tushishda davom etadi va o’tmishdagi qolgan ko’pgina xabarlarni ko’rsatishi mumkin.