Hech Parijga borishni va Eyfil` minorasidan ajoyib manzarani ko`rishni orzu qilganmisiz? Endi pasportsiz va avia biletsiz buning iloji bor.
Google Eyfil` minorasidan ko`rish mumkin bo`lgan ajoyib va mo`jizaviy Parij shahrini internet hizmati orqali ya`ni Google Street View orqali namoyish etadi.
Eyfil` minorasi 360 gradusli ponaramaga ega bo`lib, bunda Google hodimlari bu joyni suratga olish uchun mahsus fotokameradan foydalangan.
Eslatib o`tamiz, Eyfil` minorasi 1889 yilda ikki yillik qurilishdan so`ng ochilgan va bu minora Gustave Eyfil` tomonidan loyihalashtirilgan. Hozirgi kunda bu minoraga deyarli 7 million sayyohlar tomosha qilish uchun tashrif buyurishadi. Google ham yanada qulaylik maqsadida internet orqali bu ajoyib manzarani ko`rish imkoniyatini dunyoga taqdim etdi. Bu loyihani Street View orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Aytish joizki, hozirgi kunda Google shiddat bilan rivojlanmoqda, butun dunyo bo`ylab o`z mavqei ko`tarilib bormoqda va misli ko`rilmagan kashfiyotlar qilmoqda. Kelajakda bundan ham ko`proq va ajoyib ishlar qilishiga shak-shubha yo`q.
Qoyilee
Google vawee kuchayvotti
SHu nimasini aytasiz