Hitoy internet-tobeylikni klinik kasalik deb tan olgan birinchi davlat bo`ldi. Bu qarorni to`g`ri desa bo`ladi, chunki ko`pincha ushbu tobeylikdan o`smirlar kasallanishadi. Mamlakat boshqaruvchilari yoshlar uchun maxsus «to`g`irlaydigan» oromgohlarni ochishdi.
Mazkur oromgohlar odatiy oromgohlarga o`xshamaydi, chunki ularning ichida harbiy ruhiyat bo`lib, darslarni sobiq harbiylar o`tkazishadi. Tartib-intizom juda qattiq, ko`pgina jismoniy harakatlar va kunlik javobgarliklar ham mavjud. Mualifning ta`kidlashicha, yuqoridagi ko`rsatilib o`tilgan harakatlar yosh hitoyliklarni qiziqarli internetdan uzoqlashtiradi.
Psixolog bilan munosabat va boshqaruvchilarniing barcha buyurgan ishlarini bajarish shartdir. Qulok solmagani uchun nafaqat aybdorni jazolaydilar, balki butun guruhni ham jazolaydilar. Hordiqga esa hitoy milliy raqslarni o`rganish vaqti kiritilgan.
Hukumat ushbu muammoga jiddiylik bilan qaramoqda va umumiy holda shunga o`xshagan oromgoxlarni 250tasini ochish rejasi bor. Xitoy o`kuvchilarining ota-onalari doimo o`z bolalarini komp`yuter oldida ko`raverishdan charchashgan va shuning uchun ham faolik bilan bolalarini «tarbiyalashga» jo`natishmoqda. Biroq o`smirlar shu kabi oromgohlar haqida xech qanday fiqrni bildirmadilar.
O`kuv oromgoxida intizom juda qattiq: agarda joyda tur desalar – demak turishing kerak! O`kuv oromgoxlarda o`kituvchilar – sobiq xarbiylardir. Oromgoxlarda o`smirlarga jazo bemalol berishadi. Agarda bitta xato qilinsa – hamma javob beradi! Pekindagi Qide Education Center oromgoxida komp`yuter tobeylikga ega bo`lgan o`smirlar darslardan tashqari yana Konfutsiy falsafasini ham o`rganishadi!
Komp`yuter tobeylik psixik kasaliklardan biri deb hisoblanar ekan. Shuning uchun kimdirni dori-darmon orqali ham davolashar ekan! Shuningdek, oromgohlarda ushbu tobeylikni Hitoy doktorlari o`rganib borishar ekan.
bizada bunaqa oromgohladan 1000 tasini ochish kere birinchi galda kattalani junatib ularni miyyasini virusladan tozalash kere