O`zbekistonlik futbol ishqibozlari marhum qiziqchi, taniqli so`z ustasi Hojiboy Tojiboevning futbolga oid mashhur iqtiboslari tushirilgan futbolkalarni tayyorlashdi. Bu haqda Facebook va Twitter foydalanuvchilari ma`lum qilishgan.
Asosan futbol ishqibozlari uchun tayyorlangan futbolkalarda, jumladan, Hojiboy Tojiboevning futbolga oid mashhur «Lyuboyini enasini ko`rsatvoramiz», «Stadioninggayam, stadioningni direktorigayam, ayniqsa, 2ta bokovoy sud`engga…» va boshqa iqtiboslari tushirilgan. Shuningdek, O`zbekiston milliy terma jamoasining JCh-2014 saralash bosqichidagi muvaffaqiyatli ishtiroki uchun tayyorlangan «RIOga boramiz! Juda bo`lmaganda, muzqaymoq yalab qaytamiz» iqtibosi ayniqsa ommabop bo`lishi kutilmoqda.
Facebook ijtimoiy tarmog`idagi «I Love Uzbekistan» guruhi xabariga ko`ra, Hojiboy Tojiboevning oq-qora surati hamda uning futbol va boshqa mavzulardagi mashhur iqtiboslari tushirilgan futbolkalarni 13 iyun`, chorshanba kunidan e`tiboran Toshkentdagi «Chorsu» buyum bozorida savdoga chiqariladi.
Eslatib o`tamiz, futbol bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2014 yo`llanmasi uchun kurash olib bormoqda. Milliy terma 11 iyun` kuni Janubiy Koreya terma jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi, biroq mundialga to`g`ridan-to`g`ri yo`llanma olish imkoniyatlarini saqlab qolgan. Buning uchun Mirjalol Qosimov shogirdlari 18 iyun` kuni Toshkentda Qatar terma jamoasini mag`lubiyatga uchratishlari, o`z navbatida, Eron terma jamoasi safarda Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berishi kerak.
Manbaa: www.kun.uz
Xaaa qiziq narsalarni o’ylab topshida bu odamlareyyy
Qatarni enasini ko’rsatdik. Lekin Eron ham Koreyani enasini ko’rsatdi. Endi Brazilyaga borib muzqaymoq yeish ehtimoli kamaydi…