Ilon Mask Twitter egasiga aylandi va darhol ijtimoiy tarmoq bosh direktorlari va top menejyerlarini haydadi

Ilon Mask Twitter egasiga aylandi va darhol ijtimoiy tarmoq bosh direktorlari va top menejyerlarini haydadi

Space X kompaniyasiga egalik qiluvchi, jahonning eng badavlat kishilaridan biri Ilon Mask Twitter ijtimoiy tarmog‘ini sotib olgach, bosh direktor hamda bir nechta top menejyerlarni ishdan bo‘shatgan.

Aytilishicha, Mask Twitter’ni 44 mlrd AQSh dollariga xarid qilgan. U ishdan bo‘shatgan top-menejyerlar quyidagilar:

– Bosh direktor Parag Agraval;

– Yuridik, huquqiy siyosat, inshonch va xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i Vidjay Gadde;

– Moliyaviy direktor Ned Sigal;

– Bosh yuriskonsult Shon Ejyett.

Ishdan bo‘shatishlar u qadar silliq o‘tmagan. Bloomberg manbalari yuriskonsult Shon Ejyettni qo‘ltig‘idan ko‘tarib, «Twitter ofisidan chiqarib qo‘yishgan»i haqida yozgan.

Mask Twitter’ning vaqtinchalik bosh direktori bo‘lishni rejalashtirmoqda. Kelgusida u bu lavozimni boshqa insonga topshirishi mumkin.

Bundan tashqari, Mask umrbod blokirovkani bekor qilishi mumkin. Chunki bu jazo samarasiz deb hisoblaydi. Agar taqiq olib tashlanadigan bo‘lsa, AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitter’dagi akkauntini tiklashi mumkin.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Идиот!

  2. Nimaga? Uzini jamosini obkeladi

  3. Тимур

    Лекин шунча одам ишсиз колди

  4. Нозим

    Твиттерда утирадиганла узи боми?

  5. Тимур

    Ман баъзан кириб тураман

  6. Нозим

    Ёкмиди манга твиттер

  7. Ulug'bek

    Yaxwi xabar

  8. Hammayogini pulli qi quymoq4i endi bu Maska

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social