XXI asr texnologiya va sun’iy intellekt yoshi bo’lishiga qaramasdan, biz ming yillar avval kashf etilgan narsalardan foydalanishni davom ettirmoqdamiz.
Qalam
Birinchi grafit qalam 1565-yilda Shveytsariyalik olim-entsikloped Konrad Gesner tomonidan taqdim qilingan. Qalamlar 1761-yilda Caspar Faber Germaniyadagi Nyurnbergda zavod ishlab chiqarishni boshlaganda keng qo’llanilgan.
Sham
Mum shamlari insonlar tomonidan 5000 yildan ortiq vaqt davomida ishlatiladi. Biroq, ularning kelib chiqishi haqida kam narsa ma’lum. Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, ilk shamlar qadimgi Misrda kashf etilgan.
G’ildirak
G’ildirak ixtirosi tarixning asosiy sirlaridan biridir: gildirak vatani haqidagi farazlar, paydo bo’lishi va yozilish tarixining barchasi sirdek. Eng qadimgi g’ildirak Mesopotamiya hududida topilgan bo’lib, taxminan 55 asr ilgari yaratilgan.
Oyna
Zamonaviy oynallar tarixi 1240-yildan sanaladi va shu vaqtda Yevropada shishadan idishlarni qanday chiqarib olish boshlangan edi. Bizga tanish va taniqli ixtiro 16-asrning boshlariga to’g’ri keladi.
Kompas
Kompas Xitoydagi “Sun” sulolasi boshqaruvi ostida ixtiro qilingan. Yevropada kompas XII-XIII asrlarda qo’llanila boshlandi.
Yelkanlar
Yelkanni kim, qachon va qayerda kashf etilishi haqida ma’lumot yo’q. Faqatgina qadim zamonlarda sodir bo’lganligi ma’lum. Misrdagi topilgan bir yelkanga o’xshash rasm mavjud va u Miloddan avvalgi 4-ming yillik tarixga asoslangan.
Qum soat
Qum soat milloddan avvalgi III asr o’rtalarida Aleksandriyada kashf qilingan deb hisoblashadi. G’arbiy Yevropada qumli soatni o’rta asr oxirlarida bilishgan va qum soat haqidagi birinchi eslatmalari 1339-yilda bo’lgan.
Mix
Birinchi mixlar tabiiy materiallardan ya’ni baliq suyaklaridan, tikan ba yog’ochlardan qilingan. Metall mixlar bronza davridagi odamlarning kundalik hayotiga kirdi. Rossiyada ulardan foydalanish XIII asrda boshlangan.