iPhone Xitoylik qizning hayotiga zomin bo`ldi

iPhone Xitoylik qizning hayotiga zomin bo`ldi

Xitoylik 23 yoshli qiz telefon qo`ng`irog`iga javob bera turib, to`k urishi natijasida olamdan o`tdi. U qo`ng`iroqqa javob berish vaqtida, iPhone smartfoni zaryadlanayotgan bo`lgan, ya`ni elektr tarmog`iga ulangan holatida.
Xitoylik qizning oilasi Apple kompaniyasidan bu holatga tushuntirish talab qilishmoqda. Hozirda shu qizning opasi barchani iPhone smartfoni zaryadlanayotgan holatida undan foydalanmaslikka chaqirmoqda.

Apple kompaniyasi bu noxush hodisani tekshirishga tayyorligini, hamda shu qizning oila a`zolariga o`z ta`ziyasini bildirgan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social