Hongkonglik taniqli aktyor Jyeki Chan yangi turdagi koronavirusga qarshi dori topgan odamga bir million yuan (143 min dollar) berishga va’da berdi.
65 yoshli aktyor bu haqda Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida yozgan. U, shuningdek, Xitoyga himoya kiyimi va tibbiy niqoblar xayriya qilayotganini ma’lum qilgan. Aktyorning ta’kidlashicha, bir million u uchun uncha katta pul emas.
“Fan va texnologiya – virusga qarshi kurashdagi muvaffaqiyat garovidir va men bu fikrga ko‘pchilik qo‘shiladi, deb o‘ylayman. Dorining imkoni boricha tezroq yaratilishiga umid qilaman. Gap pulda emas. Men bir paytlar hayot qaynagan ko‘chalar bo‘shab qolganini, ko‘plab hamyurtlarim hayotdan zavqlanish o‘rniga virusga qarshi hayotlarini tikib kurashayotganlarini ko‘rishni istamayman”, deb aytgan aktyor.
qaniydi dunyoda wunaqa insonlar kopayib qo’lidan kelgancha harakat qilsa. olloh hammamizdan rozi bo’lsin