Kaliforniyalik bloger itiga ikki qavatli uy qurib berish uchun 20 ming dollar sarfladi

Kaliforniyalik bloger itiga ikki qavatli uy qurib berish uchun 20 ming dollar sarfladi

Kaliforniyalik bloger Brent Rivera Charli laqabli itiga ikki qavatli uy qurib berdi. Uy hayvonining tug‘ilgan kuni uchun tayyorlangan sovg‘aga 20 ming dollar sarflangan.

25 yoshli yigitning so‘zlariga ko‘ra, u hamma ishni do‘sti bilan qilgan. Ular kerakli materiallarni uyiga eng yaqin qurilish gipermarketidan sotib olgan. Bloger uyni qurish jarayonini o‘zining YouTube kanalida translyatsiya qilgan.

Uyda mehmonxona va inson bo‘yi balandligida shiftli yotoqxona mavjud. Xonalarga haqiqiy jihozlar o‘rnatilgan, uyning ichida uxlash uchun karavot, divan, yumshoq kreslo, yostiqlar, kichkina kofe stoli, uyg‘otuvchi soat bor.

Bloger hattoki sevimli uy hayvonining xonasini kichkina muzlatkich va televizor bilan jihozlagan. Televizorda faqat olmaxonlar haqidagi videolar namoyish etiladi.

Rivera avvalgi itining o‘limidan sal oldin Charlini asrab olgan. Deyarli bir yil davomida Charli blogerning eng yaxshi do‘stiga aylandi, shuning uchun u itining birinchi tug‘ilgan kuniga o‘zgacha nimadir sovg‘a qilishni xohlagan.

 

 

Kommentlar: 18 komment. 18 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Роса кучугини яхши кураркан дэ

  2. Тимур

    Шунака киммат уй курган буса

  3. Zorku good

  4. Barakalla!

  5. Ajoyib zor ish bolibdi barakalla

  6. шодиёна

    одамлар нимани ойлаб топишмеди одамлар уйга зор бу итига уй қуриб бермоқчи екан

  7. Quribam bupti… 20 mingga sergilida yaxwi uy osa boladi

  8. Dunyoda odam och, bu qilayotgan ishini

  9. Pul bolsa changalda shurva deganday lekin manga yoqdi hayvonlarni kuchukchalarni uni õrnida pul kop bolsa men ham shunday qilardim lekin sharoit bolganda muhtoj insonlarga ham yordam berardim insonlarni ham hayvonlarni ham qadrlash kerak by insoniylik burchimizdir*

  10. Turi etas, uzi iwlab topgan puliga uzi hukmdor, hoxlagan joyiga iwalati

  11. Laliddin

    good good good

  12. Yaxwi iw qilibti

  13. Malades!

  14. Yaxshi ish qilibti, Xudo asrasin shunday insonlarni

  15. Ibrohim

    heart good

  16. Алладин

    Хорош ничего не скажешь

  17. Odilbek

    good

  18. Barakalla

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social