Yuzini bobosinikiga o‘xshatib o‘zgartirgan, sartaroshlardan qo‘rqadigan Kim Chen Inning ommadan yashirib kelayotgan sirlari

Yuzini bobosinikiga o‘xshatib o‘zgartirgan, sartaroshlardan qo‘rqadigan Kim Chen Inning ommadan yashirib kelayotgan sirlari

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In sayyoramizdagi eng sirli insonlardan biridir. Hatto uning aniq tug‘ilgan sanasi hamon bahsli: rasman 1984-yil 8-yanvar deb aytilsa-da, bir qator tahlilchilar bu raqam hukmdorga ramziy salobat berish uchun xitoycha e’tiqodga ko‘ra “baxtli” hisoblangan 8 raqamiga ataylab moslashtirilgan, deb hisoblaydi. Quyida uning o‘zi oshkor qilishni istamaydigan bir nechta tafsilotlar haqida ma’lumot beramiz.

Tug‘ilgan sanasi aniq emas

Rasmiy tarjimayi holda 1984-yil 8-yanvar sanasi ko‘rsatilgan. Biroq Janubiy Koreya maxsus xizmatlari va mustaqil tahlilchilar uning aslida boshqa yili — 1983 yoki 1985-yilda tug‘ilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishadi. Bir farazga ko‘ra, aynan shu o‘g‘il voris bo‘lishi aniqlangach, uning yoshi ataylab o‘zgartirilgan: yosh merosxo‘rga salobatliroq ko‘rinishi uchun bir-ikki yil qo‘shib qo‘yilgan. Xitoy madaniyatida 8 raqami omad va farovonlik ramzi sanaladi — bu shunchaki tasodifmi yoki yo‘qmi, noma’lum.

Kim Chen Inning bolalikdagi suratlari uzoq vaqt ochiq manbalarda mavjud bo‘lmagan. Dastlabki suratlar bir necha yil avval paydo bo‘ldi — ularda harbiy kiyimdagi 8 yoshli bola aks etgan. KXDRdan qochib ketgan Kimlar oilasining shaxsiy oshpaziga ko‘ra, aynan o‘shanda bolaga general unvoni berilgan.

Sartaroshlardan qo‘rqqani uchun sochini o‘zi kaltalatadi

G‘arb ommaviy axborot vositalari yillar davomida KXDR yetakchisi qaychi ushlagan hech kimni o‘z boshiga yaqinlashtirmaydi va bu ishni o‘zi mustaqil uddalaydi, degan taxminni muhokama qilib keladi. Bu mish-mishlarning manbayi sifatida dohiyning atrofidagi qochoqlar ko‘rsatiladi.

Bu ma’lumotni tekshirishning imkoni yo‘q: KXDRda davlat rahbarining shaxsiy odatlari va ayniqsa, qo‘rquvlari haqidagi ma’lumotlar, tabiiyki, ommaga oshkor qilinmaydi. Shaxsga sig‘inish eng yuqori cho‘qqiga chiqqan mamlakatda har qanday zaiflikni tan olish qudratli hukmdorning butun obro‘-e’tiboriga putur yetkazishni anglatadi.

Bobosiga o‘xshash uchun operatsiya qildirgan

Taxminan 27 yoshida Kim Chen In plastik jarrohga murojaat qilgan — uning talabi noodatiy edi. Maqsad kamchiliklarni yashirish yoki yosharish emas, balki o‘z tashqi ko‘rinishini Shimoliy Koreya sulolasi asoschisi Kim Ir Senning qiyofasiga yaqinlashtirish edi.

Bobo va nabiraning portretlarini solishtirganda, ular o‘rtasidagi o‘xshashlik kishini chindan ham hayratga soladi: bu o‘xshashlik yillar o‘tgani sayin yanada kuchayib bormoqda. Rasmiy Pxenyan esa bunday muhokamalarni butkul rad etib, ularni dushman nashrlarning iflos uydirmalari deb ataydi, xolos.

Qoshlarini ataylab qisqartirgan

Agar Kim Chen Inning turli yillardagi suratlarini ketma-ket ko‘zdan kechirilsa, o‘zgarish yaqqol namoyon bo‘ladi: qoshlari sezilarli darajada qisqarib, boshqacha shaklga kirgan. Tahlilchilar buni o‘sha mantiq – qoshlari aynan shunday bo‘lgan otasi Kim Chen Irga o‘xshashlikni ongli ravishda kuchaytirish bilan izohlaydi.

Dohiy qiyofasining har bir tafsiloti mafkuraviy ahamiyat kasb etadigan mamlakat uchun bunday o‘zgarish shunchaki pardoz emas, balki hokimiyat vorisligi haqidagi siyosiy bayonotdir.

Shveysariya pishlog‘i, yapon sushisi va kobra zahridan tayyorlangan damlama

Kim Chen Inning taom borasidagi didi KXDRni tark etgan sobiq shaxsiy oshpazi tufayli ma’lum bo‘ldi. Dohiy ayniqsa Shveysariya pishloqlariga o‘ch bo‘lib, bu odat Yevropada o‘qib yurgan yillaridayoq shakllangan va mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, uning gavda tuzilishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Boshqa taomlar ham dabdaba bilan tortiladi: sushi, steyklar, qora ikra, pitssa. U oshpazlarini Yevropa pazandachilik maktablariga atayin o‘qishga yuborgan.

Ichimliklardan — fransuz vinolari va konyak. Uning go‘yoki quvvat beruvchi vosita sifatida iste’mol qiladigan kobra zahari damlamasi esa alohida tilga olinadi. Bu ma’lumot tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, manbadan manbaga doimiy ko‘chib yuradi.

So‘nggi yillarda Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In o‘rniga 13 yoshli qizi Kim Chju E kelishi mumkinligi haqidagi taxminlar ko‘plarning diqqat markazida bo‘lib turibdi. Qiz tobora ko‘proq jamoat tadbirlarida ko‘zga tashlanib, otasi bilan birgalikda rasmiy marosimlarda qatnashmoqda. KXDR hukumati Kim Chju Eni targ‘ib qilish uchun gazetalar va telekanallarni jalb etgan bo‘lib, ular uning ismini ishlatmay, balki uni “hurmatli qiz” va “sevimli farzand” deb atamoqda.

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Voyyy bunaqa sirlar borligini bilmagandim. Kim Chen In haqida film ishlasa ham kam ekan

  2. Eng qizig‘i yuzini bobosiga o‘xshatirgani bo‘ldi hokimiyat uchun odam nimalarga bormaydi.

  3. Sartaroshlardan qo‘rqishi rost bo‘lsa, juda g‘alati ekan tashqaridan juda sovuq ko‘rinadi-ku.

  4. Shveysariya pishlog‘i, sushi, qora ikra… xalq och yashasa, rahbar shunaqa yashaydi-da

  5. Maqola juda qiziq chiqibdi, oxirigacha zerikmay o‘qidim bunaqa sirli davlat haqida ko‘proq yozinglar.

  6. 13 yoshli qizini voris qilmoqchi degani juda qo‘rqinchli tuyuldi Shimoliy Koreyada hamma narsa serialdek.

  7. Alisher

    Hammasi yolgon bularning

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social