Kofe sizga qanday ta’sir qiladi?

Kofe sizga qanday ta’sir qiladi?

Umrida umuman kofe ichmagan inson bormikan? Ba’zilar uchun bu erta tongdan boshlanadigan odat bo’lib qolgan. Chunki bizlarga kofesiz uyg’onish ba’zida qiyin bo’ladi.

Kofe sevuchilar uchun olimlardan yaxshi yangilik bor! Bu har kuni xushboy ichimlikni ichish uchun 10 omil:

1. Kofe asosiy antioksidant manbasi. Inson tanasi mevalar va sabzavotlardan ko’ra ko’proq antioksidantlarni ko’proq oladi.

2. Kofe hidi antistress xususiyatiga ega. Koreyalik tadqiqotchilar kofe miya bilan bog’liq bo’lgan oqsillarga ta’sir qilishi va pozitiv o’ylashga chorlashini aniqlashdi.

3. Kofe Parkinson kasaligi alomatlarini kamaytiradi. 2012-yilda Science Daily deb nomlanuvchi ilmiy nashrda chop etilgan maqolada, kofe Parkinson kasaligiga duch kelgan insonlarga yordam berishi ya’ni o’z harakatlarini boshqarishga yordam berishini aniqlashgan.

4. Bu jigar uchun foydali (ayniqsa spirtli ichimlik ichsangiz). 22 yillik tadqiqot (unda 125000 inson ishtirok etgan) shuni ko’rsatdiki, agarda kunida bir chashka kofe ichilsa, u 20% to’qima kasalini kamaytirar ekan.

5. Kofe o’z joniga qasd qilishni pasaytiradi. 2-4 chashka kofe kuniga erkaklar va ayollar uchun 50% o’z joniga qasd qilish xavfini kamaytirar ekan.

6. Ter saratoniga ega bo’lish xavfini kamaytiradi. U ayniqsa ayollarda ter saratoniga duch kelish imkoniyatini kamaytiradi.

7. Sport natijalarini yaxshilaydi. Kofein qondagi yog’ kislotalarini ko’paytiradi, bu esa mushaklarga yog’ni yondirishga va uni quvvatga aylantiradi. Bu uglevodlarni saqlab qoladi va ularni keyinchalik ishlatishga imkoniyat beradi.

8. Shakar diabeti bilan kasallanish imkoniyatini pasaytiradi. Olimlarning aniqlashicha, kunida 4 chashka kofe ichgan inson, 50% 2 toifali diabet bilan kasal bo’lish xavfini bartaraf etar ekan.

9. Kofe miya uchun juda yaxshi. CNN telekompaniyasining tasdiqlashicha, kofe inson miyasiga yanada yaxshiroq ishlashga imkoniyat beradi.

10. Kofe sizni baxtliroq qiladi. Amerika milliy instituti tomonida o’tkazilgan tadqiqot shuni ko’rsatdiki, haftada 4 chashka kofe ichgan inson, umuman kofe ichmagan insondan 10% kamroq depressiyaga duch kelar ekan.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Amirxon

    Shunga ham har bir kunimni kofe bilan boshlayman!Kim mandek kunini shunday boshlaydi?

  2. Meni kofe uhlatib qo’yadi.

  3. Kofe Anon degan OON directori bo’larmidi?

  4. Meni ham, juda yoqtirmaymen de…

  5. Amirxon

    Ha, juda aqlli kishi edi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social