Mobil ilovalar vaqtingizni yarimini o`g`irlaydi

Mobil ilovalar vaqtingizni yarimini o`g`irlaydi

Facebook, Instagram, Pandora va boshqa “ayfonlar” va Android-smartfon ilovalarida foydalanuvchilarning o`tkazadigan vaqti o`sib bormoqda.

ComScore tadqiqotiga ko`ra, shu yilning may oyida birinchi marotaba mobil moslamalarga boshqa tsifrovoy moslamalardan ko`ra ko`proq vaqt ajratishdi va bu 51% tashkil etdi.

Mobil platformalarga umumiy bo`lib smartfonlar va planshetlarni qo`shib hisoblaganda, foydalanuvchilarning umumiy “internet-vaqti” 60% ni tashkil qildi. Bu esa 2013-yildan ko`ra 50% ko`proqdir. Kompaniya hisoboti bo`yicha, foydalanuvchilar PK(uy kompyuteri) dan ko`ra ko`proq “ayfonlar” va Android-smartfon ilovalaridan foydalanishadi. Ular onlayn-radio eshitadilar, ijtimoiy tarmoqlarda suhbat olib borishadi va rasmlarni ko`rishadi.

Eng ko`p ishlatiladigan mobil ilovalardan bu onlayn-radiodir (qiziqish darajasi – 96%), ushbu bo`limda etakchi esa – Pandora hisoblanadi. Ikkinchi o`rin fotoilovalar olishdi (96%), ularning orasida etakchilari Instagram va Flickr kabi ilovalardir. Uchinchi qatorni (90%) xaritalar olishdi (Google Maps, Apple “Haritalar”) va messendjerlar (Facebook Messenger, WhatsApp, Viber).

Tahlilchilar ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarni o`sishi haqida aytishdi. Hattoki ijtimoiy tarmoqlarga (Facebook, Twitter va boshqa) qiziqish darajasi katta bo`lmasa xam (71%), o`tgan yilga qaraganda 55% o`sishni tashkil etgan.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. yarim vaqt xam emas balki ko’prodir, xoz smartfonu planshetlar komputer urnini bosib olyapti. ayniqsa yoshlar ijtimoyi tarmoqlarda ko’p vaqt utkazishadi! koroche evropa bulib ketyapti uzbekiston

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social