Muzlatgichda: sovuq yoki issiq suv tez muzlaydi?

Muzlatgichda: sovuq yoki issiq suv tez muzlaydi?

1963-yilda Tanzaniyalik bir Erasta Mpemba ismli o`quvchi o`z ustoziga ahmoqona savol bergan. Savol quyidagicha edi: nima uchun issiq muzqaymoq sovugan muzqaymoqdan ko`ra tezroq muzlayabdi? O`qituvchi Erasto ustidan kulgan xolos.

Bir necha yildan so`ng Mpemba shunday savolni fizik Denis Osbornga bergan. Fizik unga tajriba o`tkazishni taklif qilgan va ular muzlatgichga ikkita bir xil suvli konteynerni qo`yishgan. Bitta konteynerda suv 35 darajada bo`lishi kerak, ikkinchisida esa – 100 daraja. Erasto issiq suv tezroq muzlaydi deb fizikni ishontirmoqchi bo`lgan.

Fizik, Mpemba gapini tekshirdi va o`z tajribasida shuni ko`rdiki, issiq suv rostan ham tezroq muzlab qoldi. Keyinchalik u Erasto bilan birga shu mavzuda ilmiy taqdimotni ochgan. Issiq suv sovuq suvdan ko`ra tezroq muzlash samarasi “Mpemba Samarasi” nomiga sazovor bo`lgan.

Nima uchun issiq suv tezroq muzlaydi? Olimlar hozirgacha ushbu savolga javob topisholmaydilar. Bitta fikr bo`yicha aniqlik kiritilgan ya`ni issiq suvning muzlashi tezkor bug`lanishdandir, boshqa fikr esa, molekulalarda vodorod qismlarining kengayishi uchundir. Biroq bitta aniq javob topilmagan.

Manba: www.mirfactov.com

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social