Nega vaqt faqat oldinga qarab oqadi? Koinot tartibsizlikka intilishining siri

Nega vaqt faqat oldinga qarab oqadi? Koinot tartibsizlikka intilishining siri

Hammasiga koinotdagi entropiya sabab. Fizika qonunlariga ko‘ra, yopiq tizimda tartibsizlik darajasi ortib boradi. Aynan shu jarayon vaqtning o‘tmishdan kelajak sari oqishini tushunishga yordam beradi.

Ba’zan ertalab hamma ish chappasiga ketadi: tuxum tovaga tushish o‘rniga polga tushib ketadi, qahvaga esa bilmasdan aynigan sut qo‘shib yuborasiz. Shunday paytlarda beixtiyor bir fikr xayoldan o‘tadi: qaniydi, vaqtni ortga qaytarib, buzilgan nonushtani avvalgi holatiga keltirish mumkin bo‘lsa!

Ammo vaqt o‘qi — olimlar vaqtning bir yo‘nalishda harakatlanishini shunday atashadi — faqat o‘tmishdan kelajak tomon yo‘nalgan.

Nazariy jihatdan, agar vaqt aksincha, kelajakdan o‘tmishga qarab oqsa ham, fizika qonunlari, mexanika, nisbiylik nazariyasi, kvant maydon nazariyasi va dunyomizni tasvirlaydigan boshqa barcha qoidalar xuddi hozirgidek ishlashi mumkin edi.

Tabiatning fundamental qonunlari uchun soat millari qaysi tomonga harakatlanishining farqi yo‘q.

Gap shundaki, o‘tmish bilan kelajakni bir-biridan ajratib turadigan yagona qoida — termodinamikaning ikkinchi qonunidir. Unga ko‘ra, izolyatsiyalangan tizimdagi entropiya o‘zgarmasligi yoki ortib borishi mumkin.

Hali ham tushunarsizmi? Keling, buni birgalikda ko‘rib chiqamiz.

Entropiya nima va u vaqt bilan qanday bog‘liq?

Entropiya — tizimdagi tartibsizlik darajasini ifodalovchi fizik kattalik. Tartibsizlik qancha ko‘p bo‘lsa, entropiya ham shuncha yuqori bo‘ladi.

Yangi o‘yin kartalari dastasini tasavvur qiling. Undagi kartalar turi bo‘yicha ajratilgan va oltidan tuzgacha tartib bilan joylashtirilgan. Ammo kartalarni aralashtirsangiz, ular tasodifiy tartibda joylashib qoladi. Shu paytda karta dastasining entropiyasi ortadi.

Xuddi shunday holat tuxumni polga tushirib yuborganingizda yoki qahvaga sut qo‘shganingizda ham yuz beradi.

Xo‘sh, nega tuxumning bo‘laklari yana o‘z-o‘zidan yig‘ilib, po‘chog‘iga qaytmaydi? Nega qahvadagi sut yana alohida ajralib chiqmaydi?

Chunki bunday hodisalar entropiyaning kamayishini talab qilgan bo‘lardi. Bu esa termodinamikaning ikkinchi qonuniga zid: izolyatsiyalangan tizimda entropiya kamaymaydi, balki o‘zgarmay qoladi yoki ortadi.

Albatta, kartalarni yana turi bo‘yicha saralash, singan tuxumning qoldiqlarini esa tozalash mumkin. Lekin tartibni tiklash uchun kuch sarflashga to‘g‘ri keladi.

Bu jarayonda siz atrof-muhit entropiyasini oshirasiz. Natijada butun koinotning umumiy entropiyasi ham ortadi. Demak, tizimning bir qismida tartibni tiklash mumkin bo‘lsa-da, umumiy hisobda termodinamikaning ikkinchi qonuni o‘z kuchida qoladi.

Koinotning kengayishi va vaqtning yo‘nalishi

Biz bilamizki, koinot doimiy ravishda kengaymoqda. Uning entropiyasi ham tinimsiz ortib bormoqda. Bu jarayonlar natijasida koinot tobora tartibsizroq va materiya hamda energiya jihatidan siyrakroq holatga kelmoqda.

Shundan mantiqiy xulosa chiqarish mumkin: hammasi koinot entropiyasi juda past bo‘lgan o‘tmishdagi bir holatdan boshlangan.

Olimlar bu boshlang‘ich nuqtani Katta portlash bilan bog‘lashadi.

Taxminan 13,8 milliard yil avval koinot nihoyatda zich va issiq holatda bo‘lgan. Bu holat kosmologik singulyarlik deb ataladi. Katta portlashdan so‘ng entropiya orta boshlagan va biz hozirgacha shu jarayonning oqibatlarini kuzatib kelmoqdamiz.

Olimlar ilk koinot nega shunchalik tartibli holatda bo‘lganini va undan oldin nima sodir bo‘lganini hozircha ishonchli tarzda tushuntirib bera olishmaydi.

Shunga qaramay, kosmologlarning fikricha, vaqtning o‘tmishdan kelajak sari oqishi aynan koinotning dastlabki holati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Vaqtning ham oxiri bormi?

Boshlanishi bo‘lgan ko‘plab hodisalar singari, vaqt o‘qining ham bir kun kelib oxiriga yetishi ehtimoli bor.

Mashhur gipotezalardan biriga ko‘ra, koinot va u bilan birga vaqt ham issiqlik o‘limi deb ataladigan holat yuz berganda o‘z nihoyasiga yetishi mumkin.

Bu taxminni ilk bor 1865-yilda fizik Rudolf Klauzius ilgari surgan. U termodinamikaning ikkinchi qonunini butun koinotga tatbiq etib, uning uzoq kelajakdagi ehtimoliy holatini tasvirlagan.

Ushbu gipotezaga ko‘ra, bir kun kelib barcha yulduzlar o‘z yoqilg‘isini sarflab, so‘nadi, qora tuynuklar esa asta-sekin bug‘lanib ketadi. Koinot shu qadar kengayadiki, unda materiya va energiya nihoyatda siyrak tarqalib qoladi.

Oxir-oqibat, koinot muvozanat holatiga yaqinlashadi va entropiya eng yuqori qiymatiga yetadi. Bunday sharoitda energiyadan foydali ish bajarish uchun foydalanish imkoniyati keskin kamayadi.

Ehtimol, o‘sha paytda vaqtning yo‘nalishi ham hozirgi ma’nosini yo‘qotar. Ammo bu faqat nazariy taxminlardan biri, koinotning kelajagi va vaqtning tabiati haqidagi barcha savollarga hozircha aniq javob yo‘q.

Hozircha esa bir narsani qabul qilishimizga to‘g‘ri keladi: vaqtni ortga qaytarib bo‘lmaydi. To‘kilgan qahva, singan tuxum va o‘tib ketgan lahzalar — bularning barchasi vaqtning faqat oldinga qarab oqishini har kuni eslatib turadi.

Kommentlar: 49 komment. 49 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Vaqt nega faqat oldinga oqishini endi tushundim shekilli fizika aslida juda qiziq ekan

  2. Katta portlashdan oldin nima bolgan ekan a? Eng qiziq savol shu menimcha

  3. Maqola zor chiqibdi, oddiy misollar bilan tushuntirilgani yoqdi

  4. Tuxum tushsa qaytib yigilib qolmaydi degan misol rosa tushunarli boldi

  5. Entropiya degan narsani maktabda organib ham bunaqa tushunmagandim

  6. Lekin vaqtni orqaga qaytarish mumkinmas deb aniq aytish ham qiyin, ilm hali kop narsani bilmaydi

  7. Vaqtni orqaga qaytarib bolsa edi, imtihondan oldingi kunlarga qaytardim

  8. Koinot haqida shunaqa maqolalar koproq chiqsin, doim munosabat va pul haqida oqiyveramiz

  9. Oxiridagi issiqlik olimi degan joyi biroz qorqinchli tuyuldi, lekin mavzu juda qiziq ekan

  10. Vaqtni orqaga qaytarib bolmaydi, shuning uchun bugungi kunni qadrlash kerak. Falsafasi ham bor ekan

  11. Fizika qonunlari haqida kopchilik zerikarli deb oylaydi, aslida hayotimiz bilan bogliq

  12. Koinot kengayib borayotgan bolsa hammasi qayergacha boradi? Shu savolga ham javob kerak

  13. Qahvaga sut aralashtirish bilan koinotdagi entropiyani boglash xayolimga kelmagan ekan

  14. Maqola tushunarli yozilibdi, murakkab mavzuni oddiy qilib berish osonmas

  15. Bazi joylari taxmin ekanini ham aytish kerak, ilmda hamma narsa hali isbotlangan emas

  16. Vaqtni ortga qaytarish imkoni bolsa edi, dushanbani bekor qilardim

  17. Entropiya degan tushuncha rosa qiziq. Demak tartibni saqlash uchun energiya sarflash kerak

  18. Fizika fanini yomon koradiganlar ham oqib korsin, zerikarli darslikka oxshamabdi

  19. Doniyor

    Vaqt tez otayotgandek tuyulishi bilan vaqt faqat oldinga oqishi boshqa narsalar ekan. Yaxshi tushuntiribdi

  20. Doniyor

    Koinotning 13,8 milliard yil oldingi holatini tasavvur qilishni ozi qiyin

  21. Doniyor

    Shunaqa ilmiy maqolalarni kopaytirish kerak, faqat trend va gossiplardan iborat bolmasin

  22. Katta portlash degani portlash ovozi bilan bolgan deb oylaydiganlar hali ham bor

  23. Maqola yaxshi, lekin singulyarlik degan tushunchaga yana sodda misol berilsa zor bolardi

  24. Vaqtning yo nalishi entropiyaga bogliq degani qiziq, endi shu mavzuni chuqurroq oqib koraman

  25. Oqib turib boshim qotdi lekin qiziq ekan koinot juda sirli

  26. Vaqtni qaytarib bolmas ekan, unda bekorga afsuslanmay oldinga qarash kerak

  27. Issiqlik olimi haqida birinchi marta eshitdim. Ilmiy tarix ham qiziq ekan

  28. Entropiyani tartibsizlik deb tushuntirish oson, lekin fizikada bundan ancha murakkab tushuncha

  29. Koinotning oxiri haqida hali aniq javob yoq, maqolada gipoteza deb yozilgani togri

  30. Shunaqa maqolalarga manbalar ham qoshilsa, qiziqqanlar yana chuqurroq organardi

  31. Vaqtni orqaga qaytarib bolmasligi haqida kop oylaganman, bu maqola yana fikrlantirdi

  32. Eng yoqqani murakkab tushunchalarni tuxum va qahva bilan tushuntirgani

  33. Koinotning kelajagi haqida oqisam bir tomondan qiziqaman, bir tomondan hayratda qolaman

  34. Fizikani maktabda faqat formula deb bilardim, aslida bunday savollar juda zor ekan

  35. Vaqt nega bir tomonga oqadi degan savolga hali ham toliq javob yoq ekan, demak izlanishlar davom etadi

  36. Koinot kengayishi bilan entropiya ortishini bir xil narsa deb tushunmaslik kerak, mavzu chuqurroq

  37. Qaniydi vaqtni orqaga qaytarish mumkin bolsa, ayrim gaplarimni aytmagan bolardim

  38. Maqola zor ekan, ilmiy mavzuni ham zeriktirmasdan yozish mumkinligini korsatibdi

  39. Koinot bir kun sovib ketishi mumkin degan fikr juda gati tuyuldi, lekin bu hozircha gipoteza ekan

  40. Odamlar vaqtni orqaga qaytarish haqida kino qiladi, olimlar esa entropiyani organadi

  41. Tushunarli maqola, lekin vaqtning ozi nima ekanini ham alohida yoritishsa yaxshi bolardi

  42. Muxlisa

    Tuxum misoli juda zor, endi entropiyani eslasam shu esimga tushadi Har kuni ishlatadigan vaqtimiz haqida shuncha sir borligi hayratlanarli. Ilmiy kontent kerak bizga, yoshlar ham koinot va fizika bilan qiziqsin

  43. Laliddin

    Vaqtni ortga qaytarib bolmaydi degan gapni hamma biladi, lekin sababini kam odam tushuntira oladi

  44. Laliddin

    Shu maqoladan keyin entropiya haqida video qidiraman, mavzu rosa tortib ketdi

  45. Laliddin

    Faqat koinotning oxiri haqida aniq faktdek qabul qilmaslik kerak, bu olimlar taklif qilgan ssenariylardan biri

  46. Oqib chiqdim, juda qiziq. Oddiy nonushtadan boshlab butun koinotgacha olib chiqibdi

  47. Vaqtni qaytarolmasak ham, hozirgi lahzani qadrlash kerak ekan

  48. Faqat ilmiy maqolalarni ham koproq chiqaringlar, yoshlar uchun foydali va boshqacha kontent boladi

  49. Тимур

    Фойдали макола экан

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social