Hech qachon selfi olmagan zamonaviy odamni tasavvur qilish qiyin. Ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchilari doimo har taraflama o’zlarini suratga olishadi. Siz hayron bo’lishingiz mumkin, lekin statistik ma’lumotlarga ko’ra, qizlarmning 25% yuqoridan pastga smartfonni yuzidan balandroq ushlab suratlar olishadi, erkaklarning 40% teskarisini – kamerani boshdan pastroq tushurishadi. Bu shunchaki emas. Buning sababi ming yillik evolyutsiya ekan.
Kanadaning Saskatchewan universiteti xodimlari 50 million foydalanuvchilarga ega bo’lgan ijtimoiy tarmoqda tadqiqot o’tkazishga qaror qilishdi. Insonlar boshqalarga yoqish maqsadida kamera burchaklarini doimo har xil tanlashadi.
Erkaklar o’zlarini pastdan yuqoriga rasmga olganda o’zlarini baland va keng yelkali qilib ko’rsatishadi. Chunki bu ularning genlarda bor, asrlar davomida muvaffaqiyatli erkak mushak tanali hisoblanadi, shuning uchun ular jangovar ajdodlar kabi bo’lishni istashadi.
Ayollar esa aksincha, kamchiliklarini yashirish maqsadida maksimal darajada yuziga e’tibor qaratishadi. Agar kamera faqat yuqorida joylashtirilsa, ramka faqat bir go’zal yuzni oladi va tananing boshqa qismlarini olmaydi.
Shunday qilib odamlar o’zlarini ijtimoiy tarmoqlarda selfi bilan bezatishadi.
Siz tez-tez “selfi” olasizmi?
Qiziq boldi
Chunki ayollar boyini kichik korsatishni xoxlidi erkaklar baland boyli korinishni xoxlidi oshanu uchun shunaqa
rostanam
Hayotiy tajribade
Opit opit