Nima uchun qahvaga tuz qo’shadi?

Nima uchun qahvaga tuz qo’shadi?

Ha, siz to’g’ri o’qidingiz! Shakar va sut qahvani yanada mazzaliroq qilishini barchamiz bilamiz. Lekin siz shirin yoki sut mahsulotlarini  yeyishingiz mumkin bo’lmasa nima qilish kerak?

Qahvaga tuz qo’shib ko’ring. Bu sehrli ichimlikni ko’plab haqiqiy sevuchilar aynan shunday qilishadi. Qizig’i, agarda siz juda bir chimdim tuzni qahvaga qo’shsangiz, keraksiz achiqlikni olib tashlaydi va ichimlik ta’mi ko’proq yoqimli bo’ladi. Chunki shu vaqtda sho’r ta’mi achchiq ta’mini olib tashlaydi.

Bundan tashqari, bu ziravor qahvaga noyob ta’m beradi va mutlaqo yangi ta’mni his etasiz! Aytgancha, bunday qahvani ko’proq issiq mamlakatlarda ichishadi. Kuchli terlash tanadagi tuz muvozanatini buzadi. Shuning uchun issiq yoz kunlarida, bir chimdim tuzli qahva faqat foydali bo’ladi.

Va albatta, bu tuzli nayrangni eruvchan qahva (Tayyor qahva: Nescafe) bilan o’tkazishga harakat qilmang. Bu boshqa gap! Endi tuzli qahvani ta’tib ko’ring. Kim biladi deysiz, balki bu ta’mni siz sevib qolarsiz!

Manba: Marketium
Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social