Nyu-Yorkda 300 metr balandlikda shaffof polga ega aqlbovar qilmas darajada chiroyli tomosha maydonchasi ochildi (foto)

Nyu-Yorkda 300 metr balandlikda shaffof polga ega aqlbovar qilmas darajada chiroyli tomosha maydonchasi ochildi (foto)

Nyu-Yorkda hayratlanarli diqqatga sazovor yangi maskan — shisha polga ega 305 metr balandlikdagi tomosha maydonchasi paydo bo‘ldi.

Summit One Vnderbilt nomini olgan tomosha maydonchasi Manxetten markazidagi Midtaun osmono‘par binosida joylashgan. Uni Kohn Pedersen Fox arxitektura firmasi ishlab chiqqan bo‘lib, loyiha qiymati 3,3 milliard dollarni tashkil etadi.

Tashrif buyuruvchilar uchun maydoncha rasman 21-oktabr kuni ochiladi.

Attraksion 1200 fut balandlikda (364 metr) ochiq terrasani o‘z ichiga olgan bo‘lib, unga shaffof liftda ko‘tarilish mumkin. Lift 305 metr balandlikni 42 soniyada bosib o‘tadi. Har bir liftning maydoni 8,3 kvadrat metrni tashkil etadi, bu shisha polga ega dunyodagi eng tez yurar lift hisoblanadi.

Tomosha maydonchasining “Levitatsiya” nomli bo‘limida yaponiyalik rassom Yayoi Kusamaning “Bulutlar” nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Shuningdek, minorada Kenzo Digital nomi bilan tanilgan haykaltaroshning “Havo” installyatsiyasini uchratish mumkin.

Shisha polga ega tomosha maydonchasi osmono‘par binoning oxirgi to‘rt qavatini egallagan.

Minoradan Nyu-Yorkning aqlbovar qilmas go‘zalligini tomosha qilish mumkin.

One Vanderbuilt osmono‘par binosi 2020-yilning sentabrida ochilgan edi. U 77 qavatdan iborat bo‘lib, balandligi 427 metrni tashkil etadi.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Juda 4iroyli 4iqibti! Albatta Amerikaga borganda u yerga 4iqaman yes

  2. Nega bizada wunqa g6zal joylar qura oliwmaydi? Hamma joy alukabond dash

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social