Heatherwick Studio o’tgan yili zina qurish loyihasini taklif qilgan edi va u amalga oshirish qiyin bo’lgan loyihadek ko’rinar edi. Shunday bo’lsa-da, Nyu-Yorkda ajoyib zina qurilishi chindan boshlandi. Uning ochilishi 2018 yilda rejalashtirilgan.
Nyu-York Tayms nashrga ko’ra, loyiha $ 150 million AQSh dollar turadi va zina 45 metr balandlikka ko’tariladi. Uning po’lati 154 bog’langan zinadan iborat bo’ladi. Zinapoyalar umumiy soni 2500 ta va zina o’rtasida 80 ta dam olish maskanlari quriladi. Barcha zinapoyalar va tomosha joylardan o’tish uchun odam bir yarim kilometrdan ortiq yo’lni yengishi kerak.
Po’lat strukturasi “cheksiz” zina hissini yaratadi, chunki barcha zinalar bir xil bo’ladi. Qurilish Nyu-York aholini va sayyohlarni yangi turdagi tomosha platformasi bilan ta’minlash uchun qurilgan. Zinadan Manxetten g’arbidagi Hudson-Yardsga noyob ko’rinishi ochiladi.
Qurilish shakli arining uyasi kabi bo’lib, tuzilmaning pastdagi diametri 15 metr va uning yuqori qismi 46 metrga kengaytiriladi.
Manba: Naked-science