Dunyo bo’ylab har kuni loyihalashtiruvchilar va arxitektorlar yuzlab yangi va qiziqarli g’oyalarni o’ylab topishadi.
Bu Big Bend – inqilobiy osmono’par, yaqinda Nyu-Yorkning 57-ko’chasida qurilishi mumkin.
Loyiha dunyoga mashhur bo’lgan “Oiio Studio” dizaynerlar jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, bino teskari U-shaklida bo’ladi.
Big Bend, aslida, dunyodagi eng uzun (ammo eng baland emas) bino bo’lishi mumkin! Bu g’alati osmono’par uchun liftlarning noyob tizimi kerak bo’ladi, chunki u binoning shakli ga mos kelishi kerak.
Bu dunyo mo’jizasi qachon paydo bo’lishi ma’lum emas, lekin osmono’par quriladigan bo’lsa, u, albatta Manhattan ko’chasining arxitekturasini o’zgartiradi.
Manba: Adme