Olimlar inson o‘limi sanasini oldindan aytib beradigan “soat” yaratdi

Olimlar inson o‘limi sanasini oldindan aytib beradigan “soat” yaratdi

San Fransiskodagi Kaliforniya universiteti olimlari sun’iy intellektga asoslangan, inson o‘limi sanasini aniqlashga yordam beruvchi ilovani yaratdi. Ishlanma Death Clock — o‘lim soati deb nomlandi. Bu haqda New York Post xabar berdi.

Yaratuvchilar o‘z ishlanmalarini “sun’iy intellektga asoslangan uzoq umr ko‘rish ilovasi” deb atamoqda. Foydalanishni boshlashdan oldin dastur maxsus so‘rovnomalar yordamida foydalanuvchining sog‘lig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdi. Vazn, qondagi qand miqdori, qon bosimi, uyqu sifati, jismoniy faollik, zararli odatlarning mavjudligi, ovqatlanish va hayot davomiyligiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar inobatga olinadi.

Bundan tashqari, taxminiy o‘lim sanasini hisoblashda insonning ijtimoiy hayoti va ruhiy holati baholanadi. Ilova foydalanuvchi muloqotga qancha vaqt sarflashi va ma’lum bir vaqtda qaysi kayfiyat ustunlik qilishini tahlil qiladi.

“O‘lim soati” insonning vafot etish sanasini kunigacha aniqlikda ko‘rsatadi. Bundan tashqari, dastur biologik yoshni ham aks ettiradi va umrni uzaytirish uchun rag‘batlantiruvchi vositalar, mashq turlari, qo‘shimcha moddalar bo‘yicha tavsiyalar beradi, deyiladi xabarda.

Death Clock odamlarni hayot tarzini o‘zgartirishga va sog‘liqqa zarar yetkazuvchi odatlardan voz kechishga undashi mumkin. Bunda rag‘batlantiruvchi ta’sir o‘lim sanasining “vahimali yaqinligi”ga asoslanadi.

Kommentlar: 22 komment. 22 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Вуаха, ким ишонади бунга узи

  2. Тимур

    Факат Худо билади качон воктимиз келади

  3. Kirib kordizmi?

  4. Pulli ekan dash

  5. Тимур

    А текин нарсани хозир узи йу unknw

  6. Тимур

    Оддий согломни текширадиган илова, пул тулаб согликни яхшилаб, купрок яшашни ургатади

  7. Тимур

    Кизик жойини курмадим

  8. Sarvinoz

    Pullik ekan ku, bilmoqchi edim

  9. Faqat Alloh biladi kelgan vaqtimizni

  10. Farangiz

    Hammasi Xudoning qo’lida, qolgan narsalar muhim emas

  11. Jinnilik

  12. Bred

  13. Samiraxon

    Alloh faqat biladi

  14. Brexna

  15. Mahmuda

    smile

  16. alhamdulillah_13

    assalamu alaikum yahwimisilar gulim agar uqb turgan busen yozvorr manga sani topomayapman snapdaaaaan

  17. alhamdulillah_13

    guli kiryaptimi uzii

  18. Salom alaykum! Yoq, Gulim butgayam, snapgayam kirmi qoydila

  19. Yaxshimisz?

  20. Shu yerda Gulim

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social