Olimlar o’limga olib keladigan “selfi” natijalarini ko’rsatishdi!

Olimlar o’limga olib keladigan “selfi” natijalarini ko’rsatishdi!

Bugungi kunda ko’pchilik selfi olishni yaxshi ko’rishadi va farqi yo’q yoshlarmi yoki katta yoshli insonlarmi, hatto ba’zi qariyalar ham selfi ishlatishda qolishmaydilar. Insonlar hayotdagi baxtli va quvonchli onglar bilan do’stlari bilan bo’lishishni istashadi, buning hech yomon joyi yo’q. Biroq ko’plab yoshlar qiziq va noyob selfi olish uchun juda hayotga xavfli bo’lgan joylarni va holatlarni tanlashadi.

Xalqaro olimlar guruhi shunday natijaga kelishdi-ki, selfi bilan bog’liq bo’lgan ko’plab vaziyatlar Xindistonda sodir bo’ladi, asosiy sababi esa tepaliklardan yiqilishlari ekan.

Karnegi-Mellon (AQSH) universitetining olimlari va xindistonlik tadqiqotchi bo’limlari selfi vaqtida o’limga olib kelgan yangiliklarni ko’rib chiqishdi.

Natijalar shuni ko’rsatdiki, shunday o’lim haqida 2014-yilning mart oyida birinchi xabar berilgan. Shu vaqtdan so’ng selfi o’limga olib kelgan 127 xodisa haqida xabar berilgan, yarimidan ko’prog’i (76) Xindinstonda sodir bo’lgan. Keyingi uchta o’rinni Pokiston (9), AQSH (8) va Rossiya (6) egallashdi. Eng ko’p (75,5 % xodisalarda) selfie jarayonida erkaklar (asosan 24 yoshgacha bo’lgan insonlar) halok bo’lgan.

Selfi bilan bog’liq bo’lgan o’limlar tepaliklardan yiqilish bilan bog’liq. Ulardan keyin cho’kib ketish, poezd tagiga yiqilish, qurol bilan ehtiyorkorliksiz, yo’l halokatlari, tok bilan urish va hayvonlarni xujumi kabilardir.

Ko’rib turganingizdek xavfsiz ko’rinadigan selfi degan narsa, aslida juda xavfli bo’lib chiqishi mumkin. Shuning uchun do’stlar selfi olinglar, do’stlar bilan bo’lishinglar, ammo doimo ehtiyotkorlikni esta tuting, chunki inson hayoti selfidan qimmatbahodir!

Manba: naked-science.ru

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social