Bu qizil olmaxonlar har kuni yegulik topish uchun tanlovda ishtirok etadilar. Ushbu musobaqa mahalliy fotograf tomonidan tashkil etilgan. Har kuni u ular uchun bog’da oziq-ovqatlar yashiradi va bu kemiruvchilarning keyingi harakatlarini kameraga tushiradi.
“Har kuni bu olmaxonlarni kameramda tushirishni kutaman. Oktyabr oyida men birinchi qor bilan bu fotosuratlar seriyasini boshladim. Shu vaqt mobaynida ular bilan do’stlashishga muvaffaq bo’ldim. Ular juda ham chiroyli”, – deydi shved fotosuratchisi Geert Weggen.