Tuxum nozik va foydali mahsulot hisoblanadi. Biz odatda tuxumlarni tanish bo`lgan mahalla do`konlarida, supermarketlarda, bozorda yoki doimiy tanishlardan olamiz. Biroq oq va jigar rang tuxumlarning farqi nimada?
Hamma gap tovuqda
Bu savolga javob oddiy – gap tovuqda. Oq va ochroq rangli tovuqlar oq tuxum berishadi, yorqin va jigar rangli tovuqlar esa jigar rang tuxumlarni berishadi. Biroq foydasi hamma tuxumlarda bir hil, tashqi rang farqidan boshqa xech qanday farq yo`q. Farq qiladigan narsalardan biri shundaki, yosh tovuqlar qattiq va qalin tuxumlar beradi. Hamda tovuqning ovqatlanishi tuxumning rangiga ta`sir o`tkazishi mumkin.
Nima uchun jigar rang tuxumlar qimmatroq turadi?
Ba`zida jigar rang tuxumlar oqlardan ko`ra qimmatroq bo`lishi mumkin. Gap shundaki, jigar rang tovuqlar oqlardan ko`ra o`lchami bo`yicha kattaroq, shuning uchun tuxum o`lchami ham o`zgaradi. Jigar rang tuhumlar foydaliroq degan gap safsatadan boshqa narsa emas. Qimmatroq bo`lsa eng yaxshilari degan narsa emas. Foydali modda ikki hil tuxumlarda bir hildir.
Boshqa tuxumlarchi?
Dunyoda o`nga yaqin turli qushlarning tushumlarini ist`emol qilishadi. Eng ko`p iste`mol qilinadiganlari tovuq va bedana tuxumlaridir. Tovuqlarni ko`proq boqishadi, shuning uchun ular tez-tez tuxum berib turishadi. G`ozlar va o`rdaklar tovuqlarga qaraganda o`n baravar kamroq tuxum berishadi. Eng kuchli imunitet bedanalarda, shuning uchun ularning tuxumlari eng foydali hisoblanadi.
Tuxumlarning foydasi
Bitta tovuq tuxumi, qanday rang bo`lishidan qaramasdan, o`rtacha 72-78 kkal ga ega.
Klass