NASA Oyda minoralar o‘rnatish uchun Nokia bilan shartnoma imzoladi. Vaqt o‘tishi bilan oydagi 4G tarmog‘i 5G’ga yangilanadi.
Amerikaning NASA kosmik agentligi Finlandiyaning Nokia kompaniyasi bilan Oyda 4G simsiz aloqa tizimlarini joylashtirish bo‘yicha shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda CNN.
Qayd etilishicha, 2028 yilgacha Oyda baza qurish rejalashtirilmoqda. Loyiha Nokia kompaniyasining sho‘ba korxonasi – Bell Labs tomonidan Intuitive Machines muhandislik kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Bell Labs loyiha uchun NASAdan 14,1 million dollar oladi. Kosmik agentlik xabariga ko‘ra, 4G tarmog‘i Oyda radio signallaridan ko‘ra ishonchli aloqalarni ta’minlaydi. Yerdagi kabi, Oy 4G tarmog‘ini vaqt o‘tishi bilan 5G darajasiga ko‘tarish rejalashtirilgan.
Bell Labs kichik minoralar yaratishga imkon beradigan texnologiyani ishlab chiqargani haqida ham xabar berilgan. Ularning signal diapazoni an’anaviylarga qaraganda ancha cheklangan, ammo kam quvvat iste’mol qiladi va kosmik kemalarda tashish uchun juda qulay.
NASA oy bazasini 2028 yilgacha qurib tugatmoqchi. Ushbu muammoni hal qilish uchun talab qilinadigan texnologiyalarni yaratish uchun agentlik 370 million dollar ajratdi. Ushbu mablag‘ simsiz aloqa, elektr energiyasi ishlab chiqarish, robototexnika va shu kabi sohalardagi yechimlar ustida ishlaydigan kompaniyalarga ajratiladi.
Oyda internetni nima keregi bor? U yerda kim yashirkan, nlomi?
Srazu 5G kisa boladi
5G bomasa 6G koysachi?