O`zbekistonliklar 20 avgust – Ramazon Hayit kunida dam oladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 16 avgust kuni “Ramazon Hayitini nishonlash to`g`risida” gi qarorni qabul qildi.
O`zbekiston Musulmonlar boshqarmasining Ulamolar kengashi tomonidan Ramazon Hayitining birinchi kuni yakshanba 19 avgustga to`g`ri kelishi haqidagi qaror qabul qilinganini inobatga olgan holda, hayit bayramini keng nishonlash maqsadida 20 avgust bayram kuni bo`lgan 19 avgustning davomi sifatida dam olish kuni deb e`lon qilindi.
“Nuroniy” va “Mahalla” respublika jamg`armalari, “Kamolot” YoIH va boshqa jamoatchilik tashkilotlariga joylarda Ramazon Hayitini o`tkazish munosabati bilan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirilgan.
барча юртдошларимиззи муборак рамазон хайит байрами билан табриклайман
барчани байрам билан табриклайман
bayramlar bilan!!! kunlariz maroqli utsin!