Polshada 34 yillik “Zaporojets” yangi Tracker narxida sotuvga qo‘yildi (foto)

Polshada 34 yillik “Zaporojets” yangi Tracker narxida sotuvga qo‘yildi (foto)

Polshaning Kossyan shahrida 1987-yilda ishlab chiqarilgan sarg‘ish “ZAZ-968M” sotuvga qo‘yildi, deb xabar beradi Motor. Ideal holatda saqlangan, deyarli butun “umri” davomida garajda saqlangan “Zaporojets” 17 ming yevroga baholanmoqda. Bu pulga O‘zbekistonda yangi Chevrolet Tracker xarid qilish mumkin.

Suratlarga ko‘ra, “Zaporojets” ajoyib holatda saqlangan. Avtomobil saloni va kuzovida ko‘zga tashlanadigan nuqsonlar yo‘q. Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, avtomobilning barcha texnik qismlari zavoddan chiqqanidan beri saqlanib qolgan va soz holatda. E’londa ko‘rsatilishicha, mashinaga 68 ot kuchini taqdim etuvchi motor o‘rnatilgan, biroq “ZAZ-968M”ga hech qachon bunday agregat o‘rnatilmagan. Mazkur modifikatsiyadagi “Zaporojets”ning motorlari 50 ot kuchiga ega bo‘lgan.

34 yillik “ZAZ-968M” asosan harakatsiz holda garajda saqlangan. Shu sabab avtomobil hozirga qadar 17 kilometrgina yo‘l bosgan. Mashina egasining ta’kidlashicha, uning nusxasi Yevropadagi eng yaxshi saqlangan “Zaporojets”lardan biri.

Sotuvchi o‘zining “vaqt kapsulasi”ni 17 ming yevroga baholagan.

Avvalroq Britaniya auksionida 52 yillik “Zaporojets” 11 ming dollarga sotilayotgani, AQShda bukri “Zaporojets” 18 ming dollar qiymatida sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Karim

    Namun4a?! Bizani qiwloda 100$ osa b6ladi. yengisini 1000$ ga olasiz

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social