«Barselona» Messi ketishini e’lon qildi

«Barselona» Messi ketishini e’lon qildi

«Barselona» argentinalik hujumchisi Lionel Messi klubni tark etishi haqida e’lon qildi.

Kataloniyaliklar sayti xabariga ko‘ra, shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuv bo‘lganiga qaramay, Messi jamoada qolmaydigan bo‘ldi. Iqtisodiy qoidalar va Primeradagi cheklovlar tufayli tomonlar yangi kelishuv tuza olishmagan.

Messining «Barselona» bilan so‘nggi shartnomasi muddati iyun oyi oxirida yakuniga yetgandi.

Rejaga ko‘ra, 34 yoshli argentinalik bilan avgust oyi boshida kelishuv tuzilishi kutilgandi. Ammo 5 avgust kuni yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgani ma’lum bo‘ldi.

Forvard ko‘k-anorranglilar jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi – u 2003 yildan buyon butun faoliyatini kataloniyaliklar safida o‘tkazayotgandi.

U klub safida 35 sovrin qo‘lga kiritgan – o‘n karra Ispaniya chempioni bo‘lgan, yetti bor mamlakat Kubogida, sakkiz marta Superkubokda zafar quchgan. Shuningdek, to‘rt bor Chempionlar ligasida, uch martadan UYeFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida g‘olib chiqqan. Ko‘k-anorranglilar libosida jami 778 o‘yinda maydonga tushib, 672 gol urgan va 305 assist amalga oshirgan.

Yakunlangan mavsumda u Ispaniya chempionatida 35 o‘yinda maydonga tushib, 30 gol urgan (uchtasi — penaltidan) va to‘qqiz golga uzatma bergan. «Barselona» 38 o‘yinda 79 ochko jamg‘argan va uchinchi o‘rinni egallagan, 2020/2021 yilgi mavsum chempioni 86 ochko to‘plagan «Atletiko» bo‘lgandi.

2020 yil avgustida Messi klub rahbariyati bilan ziddiyat tufayli «Barselona»ni tark etishga harakat qilgandi. Keyinroq u jonajon jamoasi bilan sudlashishni istamagani, shuningdek, oilasi Barselonada yashashda davom etishni istagani uchun qolishga qaror qilganini aytdi.

Messi olti marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. ALi

    sad sad sad sad endi nima bo’ladi…..

  2. Sumayya

    Man Messini oltin toʻp oʻgandan keyin yaxshi koʻrib qogandim.Nmayam drdik omadini bersin.Uyam yosh avlodga oʻrnini boʻshatvottide.A tak vashshe futbolli yorvorardi.

  3. Sumayya

    Lekin bitta tarafdan Ranaldoga taqlit qimayaptimikin dp oʻylashga majbur qivotti odammi

  4. Fazo.tv

    Salom Sumayya, kim biladi deysiz. Lekin bu ketishi juda katta yangilik bo’ldi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social