Pul bizni himoya qila olmaydi?

Pul bizni himoya qila olmaydi?

Er yuzida inson dunyoda yaratilgandan boshlab va xozirgi kunga qadar insoniyat uchun pul muammolar «manbai» hisoblanadi. Buni birgina oilada pulga bo`lgan munosabatda ham ko`rish mumkin.

Pul hech kimni, tabiiyki, bolalarni ham befarq qoldirmaydi. Pul topish va uni sarflash qanchalik turlicha bo`lishiga qaramay,  pul yuzasidan tug`iladigan muammolar bir-biriga judayam o`xshash.

Ko`pincha ota-onalar farzandlari va oilada pul bilan bog`liq katta-kichik muammolarga ham pulni sababchi qilib ko`rsatishadi. Bizning pulga bo`lgan tushunchamiz va dunyoqarashimiz, o`z navbatidi farzandlarimizga xamda ularning tarbiyasiga, dunyoqarashiga va pul xaqidagi tushunchasiga ham ta`sirini o`ztkamay qolmayapdi.

“Puling bo`lsa kelajagin bor”, “Puling bo`lsa sening oilang tinch”, “Puling bo`lsa xayoting farovon bo`ladi”, “Puling bo`lsa sen hamma joyda o`zingni himoya qila olasan” degan gaplar jamiyatda va oilada xar doim “qulog`imiz ostida jaranglaydi.  Xullas bizning pulimiz ko`p  barcha narsadan, o`zimizni himoyalangandek his qilamiz.

Agarda vaqtlar o`tib bizdagi bor pulimiz yo`q bo`lsa, unda nima qilish kerak? Men omonat kassalarida  millionlab puli bor insonlarni ko`pgina uchratganman. To`g`ri ular  biznesi va  mexnati orqali  bu pullarni orttirishgan. Ammo ularning hisobida millonlab pullari bo`lsada, ular xech qachon o`zlarini himoyalangan deb his qilmagan. Nima uchun?

Tarixda xam qarasak, ekonomikaning tubdan o`zgarib, krizeslar  xar doim inson xayotida va oilada juda katta o`zgarishlar olib kelgan. Bunday vaqtda ko`pgina insonlar muvaffaqqiyatsizlikga uchraganlar. Pul o`z-o`zidan bizni himoyalay olmaydi. Biz xozir bor pulimizga ishonib unga tayana olamiymiz.

Jamiyatimiz, oilamiz, farzandlarimiz ham do`stlarimiz orasidagi “Puling bo`lsa kelajagin bor”, “Puling bo`lsa sening oilang tinch”, “Puling bo`lsa xayoting farovon bo`ladi”, “Puling bo`lsa sen hamma joyda o`zingni himoya qila olasan” degan gaplarni boshqacha qilib aytgan va oilalarni, yoshlarni hamda barcha jamiyatdagi insonlarni to`g`ri dunyoqarash bilan yashashga qarib qolar edim. So`zim yakunida men ushbu mavzuimni shunday xaqiqatlar bilan yakunlamoqchiman.

Ya`ni:

“Birlik bo`lsa, sening oilang tinchlik”

“Biliming va xunaring bo`lsa, kelajaging bor”

“Qalbingda tinchlik bo`lsa, xayoting varovon”

“Xayotda to`g`ri so`zlab va adolatli yashasang, o`zingni himoyalay olasan”

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. rustambek

    “Билиминг ва хунаринг бўлса, келажагинг бор” – xamda kushsa buladi: yaxshi oylik olasan smile

  2. xa endi dunyo bilan pul boshqaradi! insonlarmas balki insoniyat yaratgan pul,pul esa keyin shu insonlarni boshqaradi! qiziq! inson yaratgan narsa uni ustidan turibti?

  3. Номаълум

    baribir puling ko’p bulsa, hayot xam yaxshi buladi!

  4. Алишер Ходжаниязов

    Билим билан пул муамоласини тенг олиб бориш керак. Яъни ишчи гурухимизни бирликка, билимимиз ва хунримизни мехнатга, мехнатимизни эса пул келадиган ишга ва пулларимизни эса тугри ишларга йуналтиришимиз керак. Шундагина биз юкоридаги пул билан хаёт уртасидаги мувозанатни тута оламиз.

  5. Алишер Ходжаниязов

    Агар шу куп пулимизни тугри ишлата олсаккина хаёт яхши булади.

  6. Karimov

    Pul bo’lsa, baxt bo’ladi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social