Qimmat restoranda o’zingizni qanday tutasiz? Bilmasangiz, unda 5 oddiy qo’llanmani o’qing.

Qimmat restoranda o’zingizni qanday tutasiz? Bilmasangiz, unda 5 oddiy qo’llanmani o’qing.

Sizni qimmat restoranga taklif qilishdimi? Ammo siz o’zingizni qanday tutishni bilmaysizmi? Asosiy qoida: o’zingizni bo’sh tuting. Ammo restoran qoidalarini ham unutmang.

O’z yoqtirgan narsalaringizga emas, balka restoranga diqqat bilan e’tibor bering.

Agarda sizni asosan baliq tayyorlaydigan restoranga taklif qilgan bo’lsalar, go’shtli ovqatlarga buyurtma bermang. Yoki siz mashhur go’shtli restoranga keldingiz, shunda faqat salatlarni yeb o’tirish yaxshi emas. Chunki siz shu restoran yo’nalishini tushunolmaysiz.

To’g’ri kiyinish.

Restoranga borganingizda kiyim haqida unutmang. U yerga har kungi yoki sport kiyimida borish yaxshi emas. Shuningdek, eng chiroyli va qimmat kiymang, chunki restoranlarga o’zini ko’rsatish uchun borilmaydi (lekin ko’pchilik shunday qilishni yaxshi ko’radi). Eng yaxshi yo’l kamtargina klassik kiyimdir.

Savollar berishda uyalmang!

Restoranlar menyusida notanish nomlar bo’ladi. Shuning uchun agarda sizga tushunarsiz bo’lsa oshpazdan yoki ofitsiantdan ma’lumot olishga uyalmang. Balki qaysidir moddaga sizda allergiya bordir.

Choy chaqqa qoldirish va narxlarni so’rash.

Narx so’rashning uyatli joyi yo’q. Ofitsiant sizga maxsus ovqatni ta’tib ko’rishni taklif berishi mumkin, shuning uchun doim narxini so’rang. Agarda sizga yaxshi hizmat qilgan bo’lsalar va sizga hamma narsa yoqqan bo’lsa, choy chaqqa tashlab ketishingiz mumkin.

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Шу ўзим ресторанда ишлиман, хар хил одамларни кўраман, кўпинча хозир ресторанга ёшлар келиб, ўзларини кўрсатиш билан овора бўлишади. Официантларга хурматсизлик қилишади, баланд овозда гапириб ўтиришади, ёши катта одамлар эса, тинчгина овқатланиб, вақтларини яхши ўтказиб кетишади. Шу мақолани ўқиганимдан сўнг, ўйладимки, одамлар шу нарсаларга амал қилишса, бизнинг иш хам осонлашади. Чунки кимдир нархларни сўрасам, пасткаш кўринаман деб ўйлиди, кимдир овқатни номи билмай, уни нималигини сўрасам, паст кўринаман деб ўйлиди, лекин шуни ўйламасдан, тинчгина сўрашса, керак бўлмаган вазиатлар хам келиб чиқмас эди.

  2. Шароф

    Ҳа тўғри айтасиз Мансур. Ёшларимиз кўп холатларда ўзларини шундай тутадилар. Айниқса кўпчилик бўлганида. Бақириқ-чақириқ, баданга кирганидан кейин эса умуман маймундан фарқи бўлмай қолади.

  3. Гапингизга кўшиламан Шароф, энг ачинарлиси шундаки, кўпчилик ёшлар ўзларини шундай йўл билан кўрсатаман, деб ўйлашади. Бошқа инсонларни бир тийинга қўйишмайди ва атрофидаги одамларга хурматсизлик қилишвотганларини ўйлашмайди. Афсуски, яқин орада ўзгаради деб кўринвотган йўқ…

  4. Fazo.tv

    Gapingizga qo’shilamiz! Fikr bildirib o’tganingiz uchun rahmat!

  5. Fazo.tv

    Nima uchun shu yo’l bilan o’zlarini ko’rsatishni xohlashadi? Bu saviyasizlikdanmi yoki dunyoqarashi torligidanmi? Nima deb o’ylaysizlar?

  6. Дуньё қарашидадир. Чунки бизни менталитетимизда кўрсатмачилик бор. Хамма эмас, лекин кўпчилик. Инсонлар хаётда бошқа нарсаларга харакат қилиб, ўзини камсарин тутиш лозим.

  7. Fazo.tv

    Fikr bildirib o’tganingiz uchun minnatdormiz!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social