Vertolyot halokatidan omon qolgan, filmlarda rol o‘ynagan, koinotga uchgan dunyoning eng boy odami — milliarder Jeff Bezos haqida qiziqarli 6 ta fakt

Vertolyot halokatidan omon qolgan, filmlarda rol o‘ynagan, koinotga uchgan dunyoning eng boy odami — milliarder Jeff Bezos haqida qiziqarli 6 ta fakt

Amazon asoschisi, pulining katta qismini xayriya ishlariga sarflashga va’da bergan Jeff Bezos LVMH bosh direktori Bernard Arnodan o‘zib, yana dunyoning eng boy odamlari reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Yil boshidan buyon tadbirkorning boyligi 49,3 milliard dollarga oshib, 156 milliard dollarga yetdi.

Sirk artisti oilasida tug‘ilgan

Bo‘lajak milliarder Jeffri Preston Yorgensen 1964-yil 12-yanvarda Albukerke (Nyu-Meksiko)da 17 yoshli Jaklin Giz va sirkda velosiped bilan tryuklar ko‘rsatadigan 19 yoshli Teodor Yorgensen oilasida tug‘iladi. Ko‘p o‘tmay, ota-onasi ajrashib ketadi va onasi kichik Migel Bezosga turmushga chiqadi. Migel bolaga o‘z familiyasini beradi. Biologik otasi esa Jeffrining taqdiri bilan qiziqmaydi ham. U o‘g‘li milliarder bo‘lganini Amazon asoschisi haqida biografik kitob yozmoqchi bo‘lib, uni qidirib kelgan jurnalistdan biladi.

McDonald’sda ishlagan

16 yoshli o‘smirlik davrida Bezos ta’til paytida McDonalds’da yarim kunlik smenada ishlagan — u tez buyurtmalar qatorida turib burger tayyorlagan. Jeffri biznesdagi birinchi tajribasini shu yerda o‘rganadi — u o‘zining qiz do‘sti bilan birgalikda o‘rta maktab o‘quvchilari uchun Dream Institute deb nomlangan yozgi o‘quv lagerini tashkil qiladi. Yosh biznesmenlar yozgi lagerdagi oltita palatkaning har biridan 600 dollar ishlab topishadi.

Amazon’ga garajida asos solgan

Amazon’ning tarixi veb-saytning ishga tushirilishi bilan boshlanadi. Bezos 300 ga yaqin do‘stlari va ularning tanishlarini beta-testga jalb qiladi. Shu bilan birga, dastlab Cadabra deb nomlangan onlayn kitob savdosi xizmatining birinchi ofisi ham yosh tadbirkorning garajida joylashgan edi. Aytishlaricha, birinchi ish stollari pulni tejash uchun yog‘och eshiklarning kesilgan va mixlangan qismlaridan qilingan. Kompaniya ishini yo‘lga qo‘yib olgach, elektronika, kiyim-kechak, o‘yinlar va dasturiy ta’minot sotishni kengaytiradi va o‘zini dunyodagi eng chuqur daryo — Amazon nomi bilan ataydi.

Los-Anjelesdagi eng qimmat uyni sotib olgan

2020-yil boshida Bezos Kaliforniyaning Beverli-Xillz shahridan uy sotib oladi. Uy uchun prodyuser va Geffen Records ovoz yozish studiyasi asoschisi Devid Geffenga 165 million dollar to‘laydi. Ushbu tranzaksiya summasi Los-Anjelesdagi ko‘chmas mulk bo‘yicha rekordga aylanadi. Hashamatli uy 1930-yillarda Warner Bros. kinokompaniyasi prezidenti Jek Uorner uchun qurilgan. Ko‘chmas mulk  9 akr (taxminan 3,6 gektar)da joylashgan bo‘lib, 8 ta yotoqxonaga qo‘shimcha ravishda katta bog‘, golf maydoni, tennis korti va bir nechta mehmonlarga mo‘ljallangan uylari o‘z ichiga oladi.

Vertolyot halokatidan omon qolgan

2003-yilning mart oyida Bezos va yana bir necha kishi Texas janubi-g‘arbiy qismida vertolyot halokatida halok bo‘lishiga oz qolgan. Kuchli shamol natijasida vertolyot uchuvchisi boshqaruvni yo‘qotgan, shundan so‘ng vertolyot daraxtlarga urilib, oqimga qulagan. Deyarli barcha yo‘lovchilar kichik jarohatlar olgan, biroq Bezosning advokati Elizabet Korrel umurtqa pog‘onasidan jarohatlanib, kasalxonaga yotqizilgan. Shundan keyin tadbirkor vertolyotlardan uzoqroq yurishga harakat qilishini aytadi, chunki ular “qo‘zg‘almas qanotli samolyotlar kabi ishonchli emas”.

“Samoviy yo‘l” filmida rol o‘ynagan

2016-yilda Bezos “Samoviy yo‘l” filmida epizodik rol o‘ynaydi. Tadbirkor bolaligidan mazkur filmning ashaddiy muxlisi bo‘lgan, shuning uchun ilmiy-fantastik franshizaning 13-to‘liq metrajli filmida ishtirok etishni rad etmagan. Tanib bo‘lmas darajada grim qilingan Bezos bir necha soniya davomida ekranda o‘zga sayyoralik yulduz floti ofitseri sifatida paydo bo‘ladi va faqat bitta “Rost gapir” jumlasini aytadi. Ammo suratga olish maydonchasida Amazon asoschisi haqiqiy yulduzga aylanadi. “Prezidentning shaxsan o‘zi tashrif buyurayotgandek bo‘lgandi”, deydi film rejissori Jastin Lin.

Kosmosga uchgan

2021-yil iyul oyida Jeff Bezos o‘zining Blue Origin aerokosmik kompaniyasi tomonidan qurilgan New Shepard kemasida koinotga uchadi. Tadbirkorga uch kishi hamroh bo‘lgan: uning ukasi Mark, 82 yoshli professional uchuvchi Uolli Fank va gollandiyalik milliarder Jos Damenning o‘g‘li 18 yoshli Oliver Damen. Natijada birdaniga uchta jahon rekordi o‘rnatiladi: sayyoradagi eng boy odam, shuningdek, dunyodagi eng keksa va eng yosh kosmonavt kosmosga uchadi. O‘n daqiqadan sal ko‘proq davom etgan parvoz vaqtida uch kishi bo‘lgan kapsula 107 km balandlikka ko‘tarilib, maksimal tezligi 3595 km/soatga yetadi.

Kommentlar: 31 komment. 31 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Очень крутой мужик

  2. Amazonni garajda boshlaganini bilmagan ekanman

  3. Qurbonov Aziz

    Shu odam menga ilhom beradilar

  4. Juda kuchli inson

  5. Juda kuchli odam, xotini ham har doim uni qo’llab quvvatlagan

  6. Malades ekan

  7. Qiziq

  8. Assalomu alaykum Hammaga qalaysizlar Qadr baland heart Qadrdonlarim Xayrli kun kiss

  9. Тимур

    Калесиз? Хайрли кун! Чарчамесми?

  10. Assalom alaykum Temur aka qalaysiz yaxshimisiz Rahmat Allah sizga ham Kunizni Xayrli qilsin smile heart

  11. Kuchli odam juda, 12 yil bitta proekt ustida ishladi

  12. Тимур

    Рахмат Гулли, узизга хам, Худо кунизни еркин килсин

  13. AMIN

  14. Rahmat sizga Temur aka bildirilgan tilak va fikriz uchun smile

  15. Тимур

    Сизгаям рахмат, канакасиз узи? тинчми?

  16. Assalom alaykum Aziza Temur aka qalaysizlar ha yaxshi rahmat Allahga shukr tinch men ham yaxshiman kiss heart

  17. To sovu to issu, haqiqiy kuz buvotti laugh

  18. Тимур

    Рахмат, узизчи?

  19. Rasul Azimov

    Raxmat fazotvga

  20. Ha nimasini aytasiz Aziza

  21. Тимур

    Яхшику, олдинлар куз бумасди, иссидан тезда совуга утиб кетарди

  22. Ha toʻgʻri aytasiz Temur aka hozirgi havo yaxshi boʻlyapti

  23. Тимур

    Киш жуда сову бумаса булди

  24. Ha men ham shundan xavotirdaman qish qanaqa boʻlar ekan smile ishqilib Si omon oʻtirib olaylikde barchasini qolgani Xolis Allahga ayon bir yoʻli boʻlar qishda ham

  25. Turi etas, hayot davom etadi, har kunimiz u4un minnatdor bulilu

  26. Yo'lbars

    Krasavchik

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social