Samolyot yerga qo’nganda qarsaklar kerakmi yoki yo’qmi?

Samolyot yerga qo’nganda qarsaklar kerakmi yoki yo’qmi?

Samolyot yerga qo’ngandan so’ng qarsaklar kerakmi yoki yo’qmi? Yo’lovchilar nima uchun qarsak chalishadi?

Buning sabablari turli xildir. Ko’pincha iqtisodiy va siyosiy sabablarga ko’ra uzoq vaqt mobaynida uyga qaytganlar qarsak chalishadi. Bundan tashqari, odamlar qiyin ob-havo sharoitida muvaffaqiyatli qo’nishning quvonchini yoki samolyotda texnik nosozlik yuzaga kelgan holatlarda ham qo’na olganda xursand bo’lishadi.

Yo’lovchilar hech qanday sababsiz, hatto parvoz odatdagidek bo’lsa ham qarsak chalishadi. Shuni ta’kidlash kerakki, ko’p havo safarini qiladiganlar odatda olqishlashmaydi. Biroq, yiliga bir-ikki marotaba tatilga uchgan yo’lovchilar, uchuvchilarga “rahmat” ni afzal ko’radilar.

Samolyot xodimlarining so’zlariga ko’ra, yo’lovchilar xalqaro qatnovlarda ko’proq olqishlaydilar.  Reyslar arzon va aholi tez-tez uchadigan Yevropa shaharlariga uchishdan keyin juda kam charsak chalishadi.

Aytib o’tish joizki, samolyotning yerga qo’nishi barcha xavf-xatarlar ortta qolganligiga kafolat bermaydi. 2055-yilda Toronto shahrida, Air France aviakompaniyasiga yuzlab yo’lovchilarning qo’nish vaqtida og’ir momaqaldiroq va yomg’ir yog’ildi. Samolyot qiyinchiliklar bilan yerga qo’ndi, yo’lovchilar esa olqishlashni boshladilar. Ammo tezda bu erta ekanini tushunib yetdilar. Samolyot uchish-qo’nish yo’lagidan jarlikka qulab tushdi va olov yondi. Hech kim nobud bo’lmagan, ammo jarohatlanganlar orasida olqishlagan yo’lovchilar ham bor edi.

Olqishlarga atrofdagilar qanday munosabatda?

Uchuvchilar yo’lovchilarning qarsaklarini eshitmaydilar. Uchuvchilarga qarsaklar bo’lganini faqat stuardessalar xabar berishlari mumkin. Lekin bu har doim ham ijobiy qabul qilinmaydi.

Olqishlarga yoqimli yoki befarq bo’lgan uchuvchilar ham bor.

Ammo ko’pgina uchuvchilarni qarsaklar xafa qilishadi. Ular o’zlarini yuqori toifadagi mutaxassislar deb hisoblashadi, shuning uchun qo’nish odatdagi narsalardan emas, balki ular doimo mukammal bajarishga harakat qilayotgan oddiy ishdir. Yo’lovchilar samolyotda uchishni rulet o’yiniga o’xshatishi uchuvchilarni haqorat qiladi.

Yo’lovchilar olqishlashga turli xil qarashadi. Kimdir buni to’g’ri va mantiqiy deb hisoblaydi.

Boshqalari, qarsaklarning yo’qligi, ayrim mamlakatlarning aholisi mentalitetining belgisi ekanligiga ishonishadi.

Ba’zilarga samolyotlarda qarsak chalish yoqmaydi.

Hullas, samolyotlarda qarsak chalish kerakmi yoki yo’q?

Bu savolga yagona to’g’ri javob yo’q. Har bir kishi o’zi qaror qabul qiladi. Agar siz his-tuyg’ular bilan to’lsangiz qarsak chaling. Lekin barcha uchuvchilarga bu narsa yoqmasligini unutmang. Agar kimdir qo’nishdan keyin qarsak chalishni boshlasa, sizning tanlovingiz: ishtirok etish yoki e’tiborsizlik qilishdir.

Ekipajga o’z minnatdorchiligimni izhor qilishning eng yaxshi yo’li, ehtimol, sharhlar kitobida yoki aviakompaniyaning veb-saytida yozilgan bir nechta iliq so’zlar bo’lishi mumkin.

Sizchi, samolyot qo’nishidan so’ng har doim qarsak chalasizmi?

 

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social