Saturn yo‘ldoshlaridan birida hayot ehtimoli topildi

Saturn yo‘ldoshlaridan birida hayot ehtimoli topildi

Xalqaro olimlar jamoasi Saturn yo‘ldoshlaridan biri Enseladada hayot ehtimoli borligi haqidagi farazlarni isbotlovchi dalillar topdi, deb xabar beradi “TASS”.

Xitoy universiteti geokimyogari Xao Jixua boshchiligidagi tadqiqotchilar Enseladaning muz bilan qoplangan okeanida biologik hayot uchun muhim element bo‘lgan erigan fosfor bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishdi, deyiladi “Sinxua” axborot agentligida.

Fosfor inson va hayvonlarda suyaklar, hujayra membranalari va DNKning muhim tarkibiy qismidir. Ilgari olimlar sun’iy yo‘ldosh orqali vodorod, azot, kislorod va oltingugurt — hayotning paydo bo‘lishi uchun muhim bo‘lgan elementlarni topgan edi. Ammo fosforning yetishmasligi tufayli Enselada yashashga yaroqsiz hisoblangan.

Xao Jixua boshchiligidagi tadqiqotchilar Enselada okeanining qoyali tubidagi suv va jinslarning o‘zaro ta’siri modelini yaratdi.

“Sayyoradagi okean suvi juda ishqoriy (juda sho‘r), shuningdek, u kislorodga to‘yinmagan bo‘lib, xuddi Yerdagi odamlar ichadigan gazlangan mineral suvga o‘xshaydi”, — deydi Xao Jixua.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday “turli xildagi mineral tuzlardan tashkil topgan” muhitda tog‘ jinslaridagi fosforning okeanda erishi uchun taxminan 100 ming yil kerak bo‘lgan.

Kommentlar: 17 komment. 17 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Бу дунёда биз ягонамасмиз, каердадир бошка тирик жонлар хам бор

  2. Aziza

    Vay

  3. Otabek

    Borib kuriwarmikan?

  4. Тимур

    Яхши савол булди

  5. Odilbek
  6. ......

    assalomu aliykum hammaga balkim uzga sayyoralada boshqa odamsimonla yashar

  7. Parizod

    Iwonmiman…

  8. Otabek

    NLO busa zur bulardi a tak

  9. .....

    Assalomu aliykum hammaga Nega ishonmiysiz Parizod Otabek nima demoqchilizzi chunmadim ozro

  10. Parizod

    Yolgonga bu uxwidi

  11. Otabek

    Nimaga?

  12. ......

    assalomu aliykum Parizod va Otabek Otabekni gapiga qushilaman nega unday uyladiz Parizod

  13. Parizod

    Bizadan bowqa hayot yuq dib uyliman

  14. Тимур

    Нимей?

  15. ......

    galatiyu bizadan boshqala bor dib uylamaslik

  16. Parizod

    Nimasi galati? Alloh faqat Yerda jon yaratgan

  17. Durdona

    Kim biladi… Kim biladi…

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social