Mazkur Saudiya malikalari qirollikni rivojlantirish bilan birga dunyoni ham yaxshilashga harakat qilmoqda.
Malika Rima bintu Bandar ibn Sulton al-Saud
U qirol oilasida o‘sgan, otasi Qirollikning tashqi razvedka xizmati sobiq rahbari edi. Malika Rima ko‘plab sohalarda o‘zini ko‘rsatgan.
2020-yilda u Saudiya Arabistonining AQSHdagi birinchi ayol elchisi etib tayinlanadi. U doimo xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga intiladi.
2018-yilda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ), 2017-yilda Saudiya Arabistoni Olimpiya qo‘mitasi aʼzosi bo‘lgan. Malika arab dunyosining ikki yuzta eng nufuzli ayollari ro‘yxatiga kiritilgan.
Malika Adila bintu Abdulloh bin Abdulaziz al-Saud
U Saudiya Arabistonining marhum qiroli Abdullohning qizi.
Malika ayollar erkinligini himoya qiladi va Saudiya ayoli bo‘lish nimani anglatishini o‘zi misolida ko‘rsatib beradi. Malika Jiddadagi Milliy Home Care Charity Trust prezidenti. Shuningdek, u saraton kasalligiga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlovchi Sanad xayriya tashkilotining asoschisi va raisi hisoblanadi. U mamlakatda xotin-qizlar huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni o‘zgartirish, oiladagi zo‘ravonlikni tugatish, qizlarning maktablarda sport bilan shug‘ullanishiga ruxsat berish kabi mavzularga jamoatchilik e’tiborini qaratishga katta hissa qo‘shadi.
Adila, shuningdek, ayollarning mashina haydash huquqi uchun kurashgan.
Malika al-Johara Talal al-Saud
Malika al-Johara marhum shahzoda Talal ibn Abdulazizning qizi.
Tenglik uchun kurashi bilan tanilgan malika al-Johara “Atlal Almajd” raisi sifatida ishlaydi. Ushbu tashkilot global biznes innovatsiyalarini rag‘batlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli xizmatlarni taklif etadi. U qator xalqaro tadbirlarda, jumladan, Ayollar imkoniyatlarini kengaytirish sammitida ishtirok etgan. U Saalima — hayvonlarni himoya qilish uyushmasining asoschisi va boshqaruv kengashi a’zosi sifatida yosh ayollarni ilhomlantiradi.
Malika Lamiya bintu Majid al-Saud
Yozuvchi va xayriyachi Lamiya bintu Majid shahzoda Majid ibn Saud al-Saudning qizi.
Malika Lamiya — Birlashgan Millatlar Tashkilotining yaxshi niyat elchisi va “Al-Valid” xayriya tashkiloti bosh kotibi. U hayotini boshqalarga xizmat qilishga bag‘ishlagan va ko‘plab sohalarda ayollarni himoya qiladi.
U mahalliy rassomlar va boshqa iste’dodli odamlarni rag‘batlantiradi hamda Alwaleed Philanthropies xayriya tashkiloti orqali ayollarga orzularini ro‘yobga chiqarishga yordam beradigan muvaffaqiyatli loyihalarni moliyalashtiradi.
Malika Sora bintu Saud ibn Saad al-Saud
Sora Saud xonadoni aʼzosi va Saudiya Arabistoni qiroli Abdulloh ibn Abdulaziz al-Saudning nabirasi.
Mashhur tadbirkor Sora moda va xayriya olamida mashhur. U turmush o‘rtog‘i shahzoda Abdulaziz bin Talal al-Saud bilan hamkorlikda Ahyaha Foundation’ga asos solgan. Uning maqsadi ta’lim loyihalari orqali jamiyatni rivojlantirishdir. Malika Sora xayriya sa’y-harakatlari doirasida 2017-yilda Mentor Foundation USA – International’ning faxriy elchisi bo‘lgan. Malika Sora, shuningdek, bir qator moda brendlarining asoschisi, jumladan, SO By Sora ham unga tegishli.
Malika Fahda bintu Bander ibn Abdulloh al-Saud
Malika Fahda sayohatga bo‘lgan muhabbatini gullab-yashnayotgan biznesga aylantiradi. U biznesdagi hamkori Manayer al-Sharx bilan birgalikda tajribaga asoslangan sayohat bo‘yicha maslahatchi The Traveling Panther’ga, 2015-yilda sayohatlarini rejalashtirishda yordam beradigan saytga asos solgan. Malikaning fotografiyaga ishtiyoqi baland va sayohatlaridagi suratlar bilan o‘rtoqlashadi. Sevimli mashg‘uloti unga veb-sayti uchun materiallar bilan ta’minlaydigan hamkasblar, jumladan, fotosuratchilar va rassomlar bilan uchrashishga imkon beradi.
Uyda o’tirishsa bo’lmaydimi shula, erlari qayerga qarayapti
Баракалла!
Шундай аеллар бизнинг аелларни мотивация килишсин!
Hammasiga eriwiw mumkin! Asosiysi oziga bolgan iwonch
Ular juda ham chiroyli
Hammasi yana o’rangan
Arabistonda shunday bo’ladi de
Chiroyli
Nima unda ochiq bolishi kerak mi
Hm, foydasi bormi o’ralganni?
Juda ajoyib
Chiroyli ekan
Har holda hech bolmasa bitta gunohdan qaytgan boladi
Nima turisida etvos Gulim?
Bosh ochiq yursa, gunoh bo’ladi
Motivatsiya beradigan ayollar