Siz telefoningizni uyda qoldirganingizda, sizda afsuslanish va havotir kabi his tuyg`ular paydo bo`lishi mumkin. Shu kunlarda bu odatiy va doimo uchraydigan holatdir.
Bilasizmi, hozirgi zamonaviy jamiyatda yangi “nomofobiya” termini o`ylab topilgan. Bu so`z ingliz tilidan “no mobile phobia” so`zidan kelib chiqgan va insonlar mobil telefon orqali tashqi dunyo bilan aloqa o`rnatish imkoniyatini yo`qotgandagi havotirni bildiradi.
Ayova universitetining ruhshunoslari insondagi nomofobiyani aniqlash maqsadida so`rovnomani o`ylab topishdi. Navbatdagi savollar nomofobiyani aniqlashga yordam beradi. Ko`proq “Xa” deb berilgan javoblar, sizni ko`proq telefonga bog`langaningizni bildiradi.
1. Doimo smartfon orqali ma`lumotlarga ega bo`lish imkoniyati bo`lmasa men o`zimni noqulay his qilaman.
2. Agarda men xohlagan vaqtda telefon orqali ma`lumotlarni ololmasam hafa bo`laman.
3. Smartfonimdan yangiliklarni ololmasam (ob-havo, yangiliklar va hokazo), men asabiylashishni boshlayman.
4. Kerak bo`lgan vaqtda smartfon imkoniyatlari bilan foydalana ololmasam jahlim chiqadi.
5. Telefonda o`chayotgan batareya meni qo`rqitadi.
6. Agarda mening hisobimda etarlicha mablag` bo`lmasa, vahimaga tushaman.
7. Agarda menda vaqtincha aloqa bo`lmasa yoki Wi-Fi ga ulana olmasam, men doim ulanish imkoniyatlarni qidiraman.
8. Agarda smartfonimni ishlata olmasam, qiyin ahvolga tushaman.
9. Agarda vaqtincha o`z smartfonimni tekshira olmasam, menda doim yana harakat qilib ko`rish his tuyg`usi bo`ladi.
Agarda men telefonimni unutganimda:
1. Oila va do`stlar bilan bir zumda aloqada bo`lmasligi meni havotirga soladi.
2. Oila va do`stlarim men bilan aloqaga chiqa olmasliklarini bilsam asabiylasha boshlayman.
3. Tekst xabarlar va qo`ng`iroqlarni qabul qilolmasligim ham asabimga tegadi.
4. Hayolimda huddi kimdir menga qo`ng`iroq qilayotgandek va buni bila olmasligim jahlimni chiqaradi.
5. Dunyo bilan aloqa uzulgani havotirga soladi.
6. Onlaynda bo`lmaganim uchun asabiylasha boshlayman.
7. Ijtimoiy tarmoqlarda bo`lish (whatsapp, facebook, twitter) va internet manbalar bilan foydalanish imkoniyati bo`lmagani uchun o`zimni noqulay
his qilaman.
8. Onlayn servislarda va virtual kontaktlardan yangiliklarni olmaganim uchun o`zimni noqulay his qilaman
9. O`z elektron pochtamni tekshira olmasligim meni havotirga soladi.
10. Nima qilishni bilmagandan o`zimni g`alati his qilaman.
Agarda siz 1-5 savollarga qoniqarli javob bergan bo`lsangiz, telefonga bog`lanish sizga tegishli emas, 6-10 savollarga “Xa” o`rtacha bog`liqlikni bildiradi, 11-15 “Xa” havotirli darajadagi bog`liqlikni, 16 va undan yuqorisi esa butunlay bog`liqlikni bildiradi.
Manba: marketium.ru
Хозир ёшларга карасангиз бир бири билан смс еки ватсап билан гаплашадилар. Бомасан бири бирини ёнгинасида утириптилар.
töri