Tashvishlanish

Tashvishlanish

Tashvishlanish ham mavzu bo`libdimi, deb o`ylayotgandirsiz. Albatta mavzu bo`lishga arziydi. Ishli odam, qanday holatda ishlashni ham bilishi kerak. Mehnat qilishning eng yaxshi odati bu: ish stolining toza va taxt turishidir. Biz erkaklar ko`pincha bunga e`tibor qilmaymiz. Ish stolimiz yoyilib yotsa ham yig`ishtirib qo`yishga, vaqt va kuch sarflashni istamaymiz.

Biroq uyga kelganda, xonadonimiz toza turishini ayolimizdan talab qilamiz. Demak tozalikni yoqtiramiz. Faraz qilaylik, ishga kelib, xonangizni ochdingiz, to`g`rida ish stolingiz ustida turli xil qog`oz va xujjatlarga ko`milgan holda turibdi. Bu ko`rinish sizda yoqimsiz his uyg`otadi. Buni ko`pincha sezmasangiz ham, aslida shunday. Faqat ishingizni tezroq boshlash uchun ham bunga e`tibor qilmaysiz, xolos.

Undan tashqari stolingizdagi tartibsizlik ish unumingizga ham yomon ta`sir qiladi. Izlagan narsangizni vaqtida topolmaysiz, qo`ygan narsalaringiz yo`qolib qoladi. Bu narsalar sizning asabingizni taranglashtiradi, tashvishga qo`yadi. Lekin bu hammasi emas. Stol ustida kecha va undan oldingi kunlardan qolgan bajarilmagan ishlar turibdi. Bular ham sizni tashvishlantiradi.

Ish ko`payaveradi, hammasini bajarishga esa vaqtingiz etmaydi.  Shunday qilib, qilinmagan ishlar soni o`saveradi. Tashvishlanish esa qon bosimini oshiradi, yurakning bir maromda ishlashini buzadi, oshqozonda yara paydo qiladi. Qanday qilib, ish stolini tartibga keltirish mumkin.

1
Shu o`rinda bir hikoyani eshiting: Bir kishi ruhshunos huzuriga kelibdi. Biroq gapini boshlashga ulgurmay, qo`ng`iroq jiringlabdi, doktor telefonga javob beribdi. Yana og`iz juftlagan zahoti, kotiba kirib, bir muammoga yordam so`radi, doktor o`sha ondayoq javobini ham berdi.

Keyin yana qo`ng`iroqlar, doktor hammasiga aniq va tiniq javob berib, ortiqcha savolga hojat qoldirmayotgan edi. Nihoyat doktor mijozga o`girilib, uni eshita olmaganidan, kuttirib qo`yganligidan hijolab bo`lib uzr so`radi. Mijoz esa xoxolab kuldi-da, rahmat aytib kabinetdan chiqib ketdi. Ha, aytgandek mijoz kirib kelganidayoq, doktorning ish stoli batartib ekaniga ko`zi tushgandi.

Olti oydan so`ng o`sha mijoz yana o`sha doktor huzuriga kelibdi. Bu safar u ancha o`zgargandi. U birinchi safar nega kulganini bilasizmi? Doktorni kuzatish asnosida u o`zining xatosini tushunib etgandi. Uning kabinetida bir emas ikkita stol bo`lib, ikkalasi ham xujjatlar, kerakli va keraksiz qog`ozlarga to`la edi. U kabinetiga qaytib borib, keraksiz, bir necha yillik xujjatlarni axlat chelakka uloqtirdi.

Hamma ishlarni o`z vaqtida cho`zmasdan qilishga o`rgandi. Stolining usti toza turadigan bo`ldi. Mehnatdan odam o`lmagan, degan maqolni eshitgansiz. Bu haqiqatdan ham to`g`ri. Evropaliklar ham shu fikrga qo`shilishar ekan. Kishi mehnatdan emas, asabiy zo`riqishlar va tinimsiz tashvishlanishlardan o`lishi mumkin ekan.

Mana sizga bir maslahat, har bir ishingizni muhimligiga qarab, o`z vaqtida bajarishga odatlaning. Shunda bajarilmagan ishlar taxlanib qolmaydi. Onangiz yoshligingizdan erta tursang kuning barakali bo`ladi, deb aytgani aniq. Siz ham shunday qiling. Ertaroq turib, kuningizni rejalashtiring. Ish stolingiz toza bo`lib, hamma ishlaringiz vaqtida bajarilsa, asabiylashmaysiz va tashvishga ham xojat qolmaydi.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. smile judayam qizziq maqola ekan, shuyam muammo bo’ldiyu

  2. xa guli juda togri aytingiz,gapizga kushilaman. tartib xech qachon halakt bermaydi.

  3. Agarda bugungi kunni raja qilmasak. Bu degani biz bugungi kunni tartibsiz o’tkazishni reja qilgan bo’lamiz.

  4. Men hamma narsadan tashvishlanam

  5. Tashvishlanmen

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social